2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bogʻchalar qishgi mavsumga shay

Surxondaryo viloyatida 300 dan ortiq davlat va davlat sheriklik asosidagi xususiy maktabgacha taʼlim muassasasida 36 mingga yaqin bola taʼlim-tarbiya olmoqda. Mazkur maktabgacha taʼlim muassasalarida kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik koʻrildi.

Joriy kuz-qish mavsumida maktabgacha taʼlim muassasalari barqaror ishlashini taʼminlash uchun tegishli chora-tadbirlar belgilanib, keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. 

Xususan, Qiziriq tumanida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim muassasalarida kuz-qish mavsumini koʻngildagidek oʻtkazish uchun barcha sharoityaratilmoqda. Ahamiyatlisi, mavsumga tayyorgarlik ishlarini har yilgidan erta va sifatli yakunlashga alohida eʼtibor berildi. Shu maqsadda mavsumga yetarli yoqilgʻi – 100 tonnadan ortiq briket gʻamlandi. Binolarning tom qismi taʼmirlanib, yaroqsiz oynalar almashtirildi. Isitish tizimlari sinovdan oʻtkazilib, ishga tushirish uchun taxt qilib qoʻyildi. 

Viloyatda mavjud maktabgacha taʼlim muassasalari binolarining 289 metr kvadrat tom qismi, 700 metr kvadratga yaqin issiqlik tizimi taʼmirlandi. 70 ga yaqin isitish qozoni almashtirildi. Yaroqsiz oynalar yangisi bilan almashtirildi. Isitish tizimlari yuqori bosim ostida yuvilib, sinovdan oʻtkazildi. 

– Bogʻchalarda mavsum uchun barcha sharoit yaratilib, yetarli miqdorda yoqilgʻi materiallari gʻamlanmoqda, – deydi viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Z.Toʻlaganov. – Bu yil 2 ming 103 tonnadan ortiq briket va 887 tonnadan ortiq koʻmir yoqilgʻisi jamgʻarish rejalashtirilgan. Hozirgacha 2ming tonnadan ortiq yoqilgʻi belgilangan tartibda muassasalarga yetkazib berildi. 

Joriy yilda mahalliy byudjetdan ajratilgan 3 milliard 141 million soʻmdan ortiq mablagʻ evaziga 30 ga yaqin maktabgacha taʼlim muassasasi taʼmirlanib, tarbiyalanuvchilarga barcha zamonaviy sharoitlar yaratildi. Termiz shahridagi 16-, Qiziriq tumanidagi 3-maktabgacha taʼlim muassasalari joriy taʼmirlandi. Qator muassasalarning eshik-romlari yangisiga almashtirildi, atrofi devor panjaralar bilan oʻraldi. 


Xolmoʻmin Mamatrayimov, OʻzA

20.10.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar