O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 aprelda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, elektr ta’minotini, jumladan, transformatorlar va nimstansiyalar holatini yaxshilash kabi bir qator vazifalar belgilangan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Elektr tarmoqlaridan foydalanish bosh boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek HAKIMOV mazkur qarorga asosan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining ijrosi yuzasidan O‘zA muxbiriga intervyu berdi.
– Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarda aholi va iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash asosiy masalalar sirasiga kiradi, – dedi U. Hakimov. – Bunda nafaqat elektr energiyasi ta’minoti, balki tizimni takomillashtirish borasida ham katta ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 aprelda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz aholisi, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 2021-2030 yillar davomida 130 ming kilometr past kuchlanishli elektr tarmog‘i va 40 mingdan ortiq transformator punktini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish kabi ustuvor vazifalar shular jumlasidan.
Jamiyat tomonidan bu borada tizimli tashkil etilgan ishlar natijasida 2021 yil hududlarda past va o‘rta kuchlanishli 15 ming kilometr elektr uzatish tarmog‘i hamda 4 ming transformator punktini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari to‘liq yakunlandi.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalarni keng ommaga yetkazish tizimdagi shaffoflik va ochiqlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shu ma’noda, faoliyatimizni ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa yetkazish ham asosiy vazifalarimizdan biridir. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “2021 yilda iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasidagi faoliyat: erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar” mavzuida tashkil etilgan matbuot anjumani ham ulardan biri.
Bu kabi tadbirlar, uchrashuvlar biz uchun nafaqat farmon va qarorlar ijrosini ta’minlashda, balki ommaviy axborot vositalari vakillari bilan doimiy muloqotda bo‘lish, shuningdek, bevosita ijtimoiy tarmoqlar orqali hududlardagi mavjud muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, past va o‘rta kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari natijasida respublikamiz hududlaridagi 5 377 ta mahallada 2 milliondan ortiq aholi va 13 mingga yaqin ulgurji iste’molchining elektr ta’minoti yaxshilandi. Xususan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 1 982 kilometr elektr uzatish tarmog‘i, 555 ta transformator punkti yangilandi va ta’mirlandi.
O‘z navbatida, yurtimizning “og‘ir” va “o‘ta og‘ir” hududlarida 2 654 kilometr elektr uzatish tarmog‘i hamda 701 ta transformator punkti yaxshilandi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 10 379 kilometr elektr uzatish tarmog‘i hamda 2 799 ta transformator punktida yangilash va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.
O‘tgan yili yetkazib berilgan elektr energiyasi 64 379,6 million kilovatt-soatni tashkil etgan. Bu 2020 yilga nisbatan 2 629,6 million kilovatt-soatga yoki 104,3 foiz ko‘p deganidir.
Shuningdek, 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 26 202,6 kilometr elektr uzatish tarmog‘i va 9 061 dona transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ushbu ishlar uchun ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish va kapital qo‘yilmalarga xarajatlarni qisqartirish maqsadida har bir hududiy korxona uchun maxsus litsenziyalar olinib, loyiha guruhlari hamda qurilish brigadalari tashkil etilgan.
bugungi kunda 13 ta temir-beton tayanchlari hamda 14 ta travers mahsulotlari ishlab chiqarish sexlari yo‘lga qo‘yilgan. Bu ishlarning klaster usulida bajarilishi tufayli birgina 2021 yilda 437 milliard so‘m mablag‘ tejalishiga erishildi.
Jamiyat tomonidan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ham izchil amalga oshirildi. Jumladan, hududlarda elektr energiyasi iste’molchilariga jami 7,4 million dona hisoblagich o‘rnatilgan bo‘lib, ularning 7,23 million donasi billing tizimiga ulangan.
Kelgusi rejalarimiz yanada ulkan va salmoqli. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 18 martdagi “2022-2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 130 367,4 kilometr elektr tarmog‘i hamda 6 mingga yaqin transformator punktini yangilash ishlari oldimizda turibdi. 2022 yilda esa 2 7092 kilometr elektr tarmog‘i va 1110 dona transformator punktini yangilash va ta’mirlash ishlari bajariladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |