2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridan so‘ng Surxondaryoda tibbiy sayyor qabullar boshlandi

Aslida xastalikning har qanday turi – murakkab sinov. O‘z vaqtida va to‘g‘ri muolaja qilinmasa, kichik jarohat ham og‘ir asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Ammo og‘riqlardan oh chekib, dardiga darmon topolmay, noumid shiftga termulib yotgan yoki tug‘ma nuqsonlari tufayli tuzalishdan batamom umidini uzgan og‘ir bemorlar borki, davlatimiz, birinchi navbatda, ana shunday yurtdoshlarimiz huzuriga borib, ularga tirgak bo‘lishni, shifo va mehr ulashishni maqsad qilgan. Bir emas, yuzlab insonlarning yana hayotga qaytishiga sabab bo‘layotgan sog‘lomlashtirish aksiyasi shunisi bilan ahamiyatli.

Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati jamoasi, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari va shifokorlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari olimlari hamda mahalliy mutaxassislar, jami 200 nafardan iborat maxsus guruh Termiz shahridagi “Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida tibbiy sayyor qabul o‘tkazdi.

So‘nggi yillarda hududda sog‘liqni saqlash tizimini aholiga yanada yaqinlashtirish, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va qamrovini oshirish borasida sezilarli yutuqlarga erishildi. Biroq sohada hali yechimini kutayotgan masalalar yo‘q emas.

Dastlab Qashqadaryo va Namanganda boshlanib, endilikda Surxondaryoda davom etayotgan sog‘lomlashtirish aksiyasi ana shu muammo va kamchiliklarni samarali bartaraf etish maqsadida tashkil etildi.

Muammoli masalalar bilan kelgan murojaatchilarni Sog‘liqni saqlash vaziri B. Musayev hamda Surxondaryo viloyati hokimi T. Bobolov shaxsan qabul qilmoqda. Salomatligidan shikoyati borlar esa elektron ro‘yxat asosida respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari va shifokorlari ko‘rigiga yo‘naltirilayapti. Shuningdek, bemorlar muolajaga muhtojlik darajasiga ko‘ra tasniflanib, ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat hajmi tuman, viloyat va respublika miqyosida belgilab olinmoqda. Yuqori texnologik amaliyotlar talab etiladigan bemorlarga esa shu yerning o‘zida order rasmiylashtirilmoqda.

Bundan tashqari, hozirgacha viloyatda 100 nafarga yaqin og‘ir bemorlarda davlat hisobidan murakkab operatsiyalar o‘tkazildi.

23.04.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar