Bugun Toshkent viloyati hokimligi tomonidan Ohangaron shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan ommaviy axborot vositalari vakillarini tanishtirish maqsadida media-tur tashkil etildi.
Media-turda yetakchi ommaviy axborot vositalari xodimlari, telekanallar va internet nashrlari jurnalistlari ishtirok etdi.
Qishloq va shaharlarning meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish va shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida Oʻzbekiston RespublikasiPrezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga oid farmon va qarorlari qabul qilindi. Mazkur hujjatlar asosida respublikaning barcha hududlarida qishloq va mahallalar infratuzilmasini tubdan qayta koʻrib chiqish va zamon talablariga muvofiq yangilash ishlari olib borilmoqda.
Ohangaron tumanida ham 80 ta pudrat tashkiloti tomonidan 2018 yilda 311 ta, shu jumladan, 158 ta 2 qavatli 4 xonali,153 ta 1 qavatli 3 xonali uy qurilmoqda.
Media-tur doirasida Ohangaron tumanining Bosh rejasi asosida amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash, jumladan, ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti, yoʻl, aloqa va boshqa infratuzilmalarni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Jurnalistlar ushbu obyektlarni koʻrgan holda, tuman aholisi bilan suhbatlashdi. Media-tur tafsilotlari aks etgan safar ocherki va fotoreportaj tez orada saytimiz orqali beriladi, bizni kuzatib boring.
Inobat Ahatova, Farhod Abdurasulov (surat), OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |