2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat prokurori qishloq aholisi muammolarini o‘rgandi

Buxoro viloyati Olot tumani “Pichoqchi” mahalla fuqarolar yig‘inida Buxoro viloyati prokurori Mahmud Istamov sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tuman hokimligi mutasaddilari va fuqarolar qatnashdi. Aholi muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarning ijtimoiy yordam, elektr ta’minoti, gaz, ichki yo‘llar kabi masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Muddat talab etiladigan muammolarning bartaraf etilishi yuzasidan prokuraturaning sohaviy xizmatlariga hamda tumanning tegishli mutasaddi tashkilot va idoralariga topshiriqlar berildi. Ayrim murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

– Qo‘shnim menga o‘tish uchun yo‘l bermayotganligi bilan bog‘liq holat yuzasidan viloyat prokuroriga murojaat qildim, – deydi Olot tumani “Pichoqchi” MFYda yashovchi Gulnora Zaripova. – Holat mutasaddilar tomonidan o‘rganildi. Sudda hal qilinishi ta’minlandi. 

Shuningdek, sayyor qabul doirasida pichoqchiliklar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik hamda arzonlashtirilgan narxlardagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi o‘tkazildi. Yarmarkada 20 turdan ortiq arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari sotuvga chiqarildi. 

Tadbir doirasida tumanning chekka hududi “Pichoqchi" mahalla fuqarolar yig‘inida doimiy ravishda suyultirilgan gazdan foydalanib kelayotgan aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi. Mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida bir qator ommaviy sport tadbirlari uyushtirildi. Kurash va mini futbol bo‘yicha “Prokuror kubogi” musobaqalari o‘tkazildi. Tadbir yakunida viloyat prokurori tomonidan 3 nafar yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida tikish mashinasi hamda o‘t o‘rish uskunasi berildi.

– Boquvchimni yo‘qotganman, – deydi Olot tumani “Nurobod” MFYda yashovchi Maftuna G‘aniyeva. – Sayyor qabulda murojaat qilgandim. Hunarim borligi inobatga olingan holda tikuv mashinasi berildi. Endi qishloq ayollarining tikish-bichish ishlarini bajaraman. Oilamga daromad olib kelaman. Shu bilan o‘zimni o‘zim band qilaman. 
Shuningdek, Olot tumanida yashovchi Burxon Salomatovga o‘t o‘radigan apparat olib berildi. Endi Burxon Salomatov qishloqdoshlarining tomorqalaridagi o‘tlarni o‘rib, o‘zini o‘zi band qiladi. 

29.04.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar