2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabul: davlat va xalq o‘rtasidagi ko‘prik

Hududlarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalarni o‘rganish va ularni joyida hal etishga keng imkoniyat yaratmoqda.

Namanganda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan e’lon qilingan “ommaviy sayyor qabullar uch oyligi” doirasida Prezident maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganov boshchiligidagi ommaviy sayyor qabullar boshlandi.

Unda vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat ishchi guruhi a’zolari, sektorlar, hududiy boshqarma, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etib, Namangan shahri, Davlatobod, Yangi Namangan va Namangan tumanlarida yashovchi besh yuzdan ziyod fuqarolarning sud-huquq, iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot, gaz, suv, elektr, kadastr, moliya, bank, pensiya kabi yo‘nalishlardagi murojaatlarini ko‘rib chiqdi.

– “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil amalda, – deydi Namangan tumanidagi Kichik Toshbuloq mahallasida istiqomat qiluvchi Dildora Siddiqova. – Turmush o‘rtog‘imninng oyoqlaridagi qon-tomir kasalligi yanada avj oldi. O‘zimizda ko‘rsatmagan do‘xtirlarimiz qolmadi, hatto jarrohlik amaliyotini oldi, kutilgan natijani bermadi. Samarali davolash maqsadida “Akfa medlayn” xususiy shifoxonasiga olib bordik Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning viloyat boshqarmasi amaliy ko‘magida tibbiy amaliyot muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Sayyor qabulda Respublika Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov ishtirokida balog‘at yoshiga yetgan yetti nafar o‘g‘il-qizga fuqarolikni tasdiqlovchi ID kartalar topshirildi.

Shu kuni 37 nafar fuqaroning ichki ishlar masalalariga oid murojaati qabul qilinib, ularning 19 tasi o‘z yechimini topdi. Davlatobod tumanidagi 1-kichik nohiya, 52-uy, 16-xonadonda yashovchi Ibrohim Xolmatov pul oldi-berdi munosabatlarida “og‘zi kuyganlardan” bo‘lib chiqdi. U tanishiga bergan 7 ming 200 AQSH dollarini o‘z vaqtida ololmadi. Vazirlik aralashuvi va tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan qarzdordan fuqaroga yetkazilgan zarar to‘laligicha qoplab berildi.

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi mutasaddilari qabul davomida murojaatlarni manzilli o‘rganishga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, vazir o‘rinbosari Muxtor Muhiddinov Namangan shahridagi Zarbdor mahallasidan kelgan mehnat faxriysi Rahima Naqibjonovaning dardini tingladi. Ayaning uch o‘g‘lidan ikki nafari muhojirlik asosida chet elda ishlamoqda. Uyda qolgan farzandi qorovul. Oilaviy topish-tutishni yaxshilash uchun kelinlariga tikuv mashinasi olib berish, oilasiga moddiy yordam ajratilishini so‘radi. Mazkur masala va shunga o‘xshash o‘nlab murojaatlarni joyiga borib, atroflicha o‘rganib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Sudyalar oliy kengashining qabulida 49 nafar mahkum muddatidan avval jazodan ozod etildi. 13 nafar ayolga farzandlari ta’minoti uchun aliment pullari undirib berildi. Viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida Namangan shahridagi ajralish yoqasida turgan 6 ta oila yarashtirildi. Pensiya ta’minoti bo‘yicha 5 nafar fuqaroning fuqarolik pasporti va mehnat daftarchasidagi ism-shariflarining yozilishida noaniqlik yuzaga kelganligi sababli yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi arizalari qanoatlantirildi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning viloyat boshqarmasi mutasaddilari tomonidan fuqarolarning 11 ta murojaatiga javob qaytarildi. Xususan, 6 turdagi muammoli masalalardan 5 ta murojaat joyida ijobiy hal qilindi.

– Vazir o‘rinbosari Uzoqboy Begumqulovning bevosita xayrixohligi bilan o‘z ish joyimni topdim, – deydi Namangan davlat universitetining musiqiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha joriy yilgi bitiruvchisi Muazzam Turg‘unova. – Namangan tumanining Qirg‘izqo‘rg‘on mahallasidan kelgandim. Hududimizdagi 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga musiqa rahbari etib tayinlandim.

Sayyor qabulning dastlabki kunida fuqarolardan kelib tushgan jami 514 ta murojaatning 257 tasi o‘z yechimini topdi. 56 tasiga xuquqiy maslahatlar berildi, 120 ta murojaat ma’lum muddatda o‘rganish talab etganligi uchun alohida nazoratga olindi. Murojaatlarning 24 foizi sud, prokuratura va ichki ishlar, 20 foizi esa mahalliy hokimliklar faoliyatiga doir masalalarga to‘g‘ri keldi.

Davlat idoralari va tashkilotlari mutasaddilari ishtirokidagi sayyor qabul tadbiri Chortoq, Uychi, Norin, Yangiqo‘rg‘on va Uchqo‘rg‘on tumanlari fuqarolari uchun davom etadi.

12.05.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar