2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Kadastr agentligi Boysun tumanida sayyor qabul tashkil etdi

Yurtimizda aholi murojaatlari bilan ishlaydigan mexanizmning shakllanishi xalq roziligiga erishish hamda jamiyat rivojini ta’minlashga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan muntazam ravishda murojaatlar yechimiga qaratilgan ishlar samarali tashkil etilmoqda.

Ta’kidlash kerak, Kadastr agentligi xodimlari tomonidan aholi va yuridik shaxslarga 10 ga yaqin yo‘nalish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishi barobarida boshqarmada murojaatlarni qisqa muddatlarda ko‘rib chiqish, qonun doirasida ijobiy hal etish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirilgan. Bundan tashqari vazirlik darajasidagi muammoli murojaatlarning yechimiga erishish maqsadida Respublika kadastr agentligi mas’ullari ishtirokida Boysun tumanida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul o‘tkaziladigan manzil va unda ishtirok etadigan mutasaddilar haqidagi ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritilib, aholining xabardorligi ta’minlandi. 

Sayyor qabulda tog‘ va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aksariyat fuqarolarning muammolari o‘rtaga tashlandi.
– Soylar qirg‘og‘idagi hovlilarning yer maydonlari sel toshqinlari tufayli yemirilib boryapti, - deydi fuqaro Sami Safarov. Yer solig‘i esa kadastr hujjati asosida undirilmoqda.

Sayyor qabul davomida bu masala yechimiga doir tartib-taomil murojaatchiga batafsil tushuntirildi.
Ushbu sayyor qabulga fuqarolardan kelib tushgan 20 ta murojaatdan 10 dan ortig‘i joyida hal bo‘ldi. Qolgan murojaatlarni o‘rganib chiqish uchun tegishli muddat belgilandi. 

– O‘tkazilayotgan sayyor qabullarda Kadastr agentligi tomonidan  chekka hududlardagi fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va imkoni boricha ijobiy hal etib berish asosiy maqsad qilib olingan, – deydi Davlat kadastrlar agentligi sho‘’ba mudiri Odil Mahmudov.

Xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish bugungi kunimizning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Qolaversa, bu jarayon har bir rahbarga alohida mas’uliyat yuklaydi. Zero, xalqning dardu tashvishlari bilan yashash eng asosiy maqsad bo‘lib, uning ro‘yobi yurtimizning ravnaqi, yanada gullab-yashnashi, fuqarolarning tinch-osuda hayot kechirishini ta’minlashga xizmat qilish bilan ahamiyatlidir.

23.05.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar