O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimlari boshchiligidagi ishchi guruhning navbatdagi ommaviy qabuli Bo‘stonliq tumanidagi "Xo‘jakent" mahalla fuqarolari yig‘inida davom etdi.
Unda Bo‘stonliq, Qibray tumanlari va Chirchiq shahridan kelgan aholining murojaatlari tinglandi.
Bu kabi ochiq muloqotlar joylardagi aholi murojaatlariga ijobiy yechim topish, to‘planib qolgan muammolarni tegishli mas’ullar ishtirokida hal etilishiga sharoit yaratmoqda.
– Sayyor qabullar kutilgan natija bermoqda, – deydi viloyat Tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Ibrohim Iminov. – Xususan, qabul boshlangan kundan buyon sohamizga aloqador bo‘lgan 65 nafar fuqarodan 63 tasining muammolari ijobiy hal etildi. Ikki nafarining arizasi yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda. Bugun ertalabdan boshlangan ochiq muloqotlar davomida shu vaqtga qadar nogironlik aravachasi, davolanish uchun ruxsatnoma olish kabi 18 ta ariza qabul qilgan bo‘lsak, barchasini o‘z joyida hal etdik.
Bo‘stonliq tumani aholisi murojaatlari hududning tabiiy sharoitdan kelib chiqqan holda, ish o‘rni yaratish, turizm, mehmonxona qurish, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar bildirildi.
Muloqotlarda vazirlik, idora rahbarlari, viloyat Xalq qabulxonasi, sektor vakillari, viloyat korxona, tashkilot, muassasa va huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutasaddilari aholining murojaatlarini atroflicha o‘rganib chiqmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |