Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi "Yoshlik 2" mahallasida keng ko‘lamli qurilish, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Shunday ezgu o‘zgarishlar munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev, viloyat va tuman faollari, nuroniylar, mahalla aholisi qatnashdi.
Ayni paytda "Yoshlik 2" mahallasida 599 ta xonadon bo‘lib, 3 ming 280 nafar fuqaro yashaydi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 aprel kuni mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ishlarni quyi tizimda tashkil etib, mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy muammolarni hal qilish chora-tadbirlari muhokama qilingan edi.
Ana shu topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Toshkent viloyatining olis hududlarida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, bunyodkorlik ishlari yanada avj oldi. Jumladan, bugun Bekobod tumanidagi "Yoshlik 2" mahallasi ham shunday manzillardan biri. Shu paytgacha bu yerlik aholining ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik va oqova suvining tanqisligi kabi ko‘plab muammolari bor edi. bugungi kunda mahalliy byudjetning orttirilgan mablag‘i hisobidan hudud aholisi to‘liq ichimlik suv bilan ta’minlandi.
Oqar suv tarmog‘i ham sozlandi. 80 dan ortiq beton sim yog‘ochlari yangisiga almashtirildi. 2 ta transformator punkti qurildi. Mahallaga olib kiruvchi 4 kilometr asosiy hamda 5,5 kilometr ichki yo‘llar joriy ta’mirlandi. Hududda tadbirkorlik tashabbusi va bank krediti mablag‘lari hisobiga sartaroshxona, tegirmon, go‘sht do‘koni, avtoxizmat, veterinariya do‘koni, shuningdek, mahalla guzari, go‘zallik saloni, oziq-ovqat do‘konlari, bolalar o‘yingohi, work-out maydonchasi, stadion, salomatlik yo‘lagi barpo etildi va bu boradagi ishlar jadal davom etmoqda.
Shuningdek, viloyat byudjet mablag‘lari hisobidan 1 milliard so‘m yo‘naltirilib, 150 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi qurilib, foydalanishga topshirildi. 12 ta oilaga 400 million so‘mlik kredit mablag‘i hisobiga qoramol tarqatildi. Yana shuncha oilaga 300 million so‘mlik kredit mablag‘i hisobiga ixcham issiqxonalar qurib berildi. Hudud atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarni oqlash, shakl berish, ariq va zovurlarni tozalash ishlari ham olib borildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur ishlar uchun jami 4,158 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.
Tadbir davomida mehmonlar mahalladagi 500 o‘rinli 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan tanishdi. Bu maktab “Tashabbusli byudjet” orqali 450 million so‘m hisobidan qayta ta’mirlandi. Bu yerdagi zamonaviy kutubxona, sport zali va monomarkazdagi to‘garaklar faoliyati ko‘zdan kechirildi. Yoshlar bilan samimiy suhbat qilindi.
Bu yerda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotida jajji bolajonlar uchun hozirlangan sharoit o‘rganildi. Shundan so‘ng Zoyir Mirzayev boshchiligidagi hudud faollari, nuroniylar mahalladagi Erkin Dushayev xonadonida mehmon bo‘ldi. Uy bekasi mehmonlarga hozirgina tandirdan uzilgan non ulashdi. Hovlidagi so‘rida samimiy suhbat bo‘ldi. She’rxonlik, hazil-mutoyiba qizidi.
Mahalla guzarida tashkil etilgan mo‘’jaz xiyobonda so‘z olgan viloyat rahbari mahalla ahlini bugungi obodlik bilan tabrikladi.
Bekobodlik folklor dastalari, maydon tomoshalari ustalari, san’at ustalarining jonli ijrodagi qo‘shiqlari barchaga xush kayfiyat ulashdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |