Shu munosabat bilan poytaxtimizda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, BMTTD va Islom taraqqiyot banki tomonidan Orolbo‘yi mintaqasidagi infratuzilmani rivojlantirish va asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga doir yangi qo‘shma loyihani ishga tushirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Unda so‘z olgan iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Adiz Boboyev, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska va boshqalar ushbu loyihaning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Adiz Boboyevning ta’kidlashicha, vazirlik BMTTD bilan hamkorlik kelishuviga erishdi. Bu asosan Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasining 338 million dollarlik loyihasi doirasida, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarining qishloq joylarida infratuzilmani rivojlantirishga qaratiladi. 2022 yildan joylarga chiqib, aholining yashash tarzi o‘rganilib, takliflari asosida manzilli dasturlar shakllantiriladi.
Mazkur loyiha BMTTD va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan hamkorlikda hamda Islom taraqqiyot bankining moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladi. U Orolbo‘yi hududiga kiruvchi viloyatlarni qamrab oladi.
– BMTTDning ushbu loyihasi Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan O‘zbekistonning qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihasining bir qismidir, – dedi BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska. – Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 5 million dollari miqdorida mablag‘ ajratildi. Yangi loyihaning maqsadi maqbul yashil va energiya tejamkor hamda raqamli yechimlardan foydalangan holda qishloq hududlarini rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda mahalliy tashkilotlar va boshqa manfaatdor tomonlar imkoniyatini kengaytirishdan iborat. Xususan, loyiha maqsadli hamjamiyatlarning mahalliy aholi ehtiyojlari va talablarini aniqlash, shuningdek, chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha salohiyatini kuchaytirish rejalashtirilgan. Bu loyiha Orolbo‘yi aholisining turmush faoliyatini yaxshilash, qishloq aholisi uchun resurslar va xizmatlardan munosib foydalanishni ta’minlashga qaratilgan aniq yechimlarni amalga oshirish borasida hukumat, Islom taraqqiyot banki va BMTTD sa’y-harakatlarini birlashtirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi.
Shuningdek, loyiha doirasida iqtisodiy, operatsion va ekologiyaga oid muhandislik loyihalari, raqamlashtirish, innovatsion IT-yechimlari kabi bir qator chora-tadbirlar ham amalga oshiriladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |