2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabul: murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi

Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, hayotimizga tatbiq etilayotgan yangiliklar xalqimizning tinchligi va farovonligi, yurt taraqqiyotini ta’minlashni ko‘zda tutadi.

Mamlakatimizda xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan elparvar tamoyil asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘z samarasini bermoqda. Bu borada joylarda  turli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar, sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Prezidentimizning “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish” ga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonasi mas’ullari,  sektorlar, korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. Sayyor qabulda aholining turli sohalarga oid muammolari, talab va takliflari eshitildi.

Qabul chog‘ida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, adolatni qaror toptirishga alohida e’tibor qaratildi. Murojaatlarning aksariyati uy-joy, moddiy yordam, pensiya, bolalar nafaqasi, ishga joylashish, ichimlik suv ta’minotidagi muammolar, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida bo‘ldi. Har bir murojaat mutasaddilar tomonidan birma-bir muhokama qilindi.

Abdusaid Ko‘chimov hozirgi kunda axborot makonida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, matbuot sohasidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Boyovut tumanidan kelgan fuqaro Zebo Mamatqulova GulDUning sirtqi bo‘limi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-bosqichini tamomlaganini aytib ishga joylashishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Uning murojaati yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qabul davomida har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqildi. E’tirozli holatlar bo‘yicha hokimlik, masalaga daxldor boshqarma, tashkilot va korxonalar rahbarlariga tegishli topshiriq berildi. Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida hal qilindi. Shuningdek, murojaat yuzasidan mualliflarga huquqiy tushuntirish berildi.

15.06.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar