2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi qamrovi kengayib bormoqda

Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi qamrovi kengayib borgani sari ulardan foydalanuvchilar soni ham ko‘payib bormoqda.

Shu bilan birga, ushbu sohaga oid savollar ham kam emas. Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasiga oid savollarga Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva javob berdi:

– Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish uchun ota-onasidan boshqa shaxslar ham murojaat qilishi mumkinmi?

– Albatta mumkin. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga asosan arizachi sifatida ota-onalar, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar yo‘llanma olish uchun davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat qilishi mumkin.

Yoki elektron shaklda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun mustaqil ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tib, shuningdek, davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga tug‘ilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari mumkin.

Bu masalada uchinchi shaxslar murojaat qilganda ularda ota-onalar, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki bolaning yaqin qarindoshlari tomonidan berilgan ishonchnoma bo‘lishi kerak. 

 Ilgari pensiya daftarchasi Xalq banki orqali olinar edi, hozirda ushbu ma’lumotni qayerdan va qay tartibda olish mumkin?

– 2004 yil 2 dekabrdagi “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunining 7-moddasiga muvofiq, Fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ish beruvchining talabnomasiga muvofiq mazkur fuqarolarning asosiy ish joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi.

Shuningdek, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ularning arizasiga muvofiq mazkur fuqarolarning yashash joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi.

Yuridik va jismoniy shaxslar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga fuqarolarni hisobga qo‘yish, shuningdek, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish uchun O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron ariza berishlari mumkin.

 Biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirish davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshirilmoqda. Ushbu xizmatdan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj oshdi. Bu borada aholiga qulaylik yaratish uchun Adliya vazirligi qanday ishlarni amalga oshirmoqda?

– Davlat xizmatlari sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, fuqarolarimiz bir vaqtning o‘zida bir necha xizmatlardan bir joyda foydalanilganligi ularga qulayliklar yaratmoqda. Jumladan, aholiga qulayliklar yaratish maqsadida eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi yangi namunadagisiga almashtirish xizmati ishga tushirilgani fuqarolarning uzog‘i yaqin bo‘lishiga xizmat qilmoqda. 

Shuningdek, xorijga chiqish biometrik pasporti berilishi ham aholini mamnun etmoqda. Endilikda, ID-kartalarni rasmiylashtirish xizmati ham ishga tushdi.

Yurtdoshlarimiz ushbu xizmatdan Buxoro, Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan, Qarshi, Samarqand, Urganch, Farg‘ona shaharlari va Xo‘jayli tumani davlat xizmatlari markazlari orqali ham foydalanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, birinchi marta oliygohlarga hujjat topshirayotgan maktab bitiruvchilari ID-karta olishi lozim. Shuni alohida qayd etish kerak, 2021 yil 1 yanvardan 2011 yil namunasidagi (yashil) pasportlarni berish to‘xtatilib, o‘rniga ID-kartalar joriy etilgan. Shuningdek, Oliygohga hujjat topshirishda nafaqat ID-karta, balki muddati o‘tmagan biometrik pasportdan ham foydalanish mumkin.

 Topilmalar, yo‘qolgan buyumlar va hujjatlar xizmatidan qanday foydalansam bo‘ladi?

– Topilmalar, yo‘qolgan buyumlar va hujjatlar bo‘yicha so‘rov yuborish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 yanvardagi 28-son qaroriga muvofiq tartibga solinadi.

O‘zining yoki yaqin qarindoshlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yo‘qolgan ashyolarini topish bo‘yicha jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  orqali murojaat qiladi.

Bunda, jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari yo‘qolgan ashyolarni topish bo‘yicha o‘zi shaxsan kelib murojaat etganda — Markaz xodimi murojaat etuvchi nomidan, YAIDXP orqali murojaat qilinganda — murojaat etuvchi mustaqil ravishda so‘rovnoma to‘ldiradi.

So‘rovnomaga yo‘qotib qo‘yilgan ashyoning alohida belgilarini aks ettiruvchi fotosuratlar, elektron ma’lumotlar, agar ashyo hujjat bo‘lsa, uning nusxalari ilova qilinishi mumkin.

– Xorijiy korxonani ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi edim. Buni qanday amalga oshirsa bo‘ladi? Shu masala yuzasidan ma’lumot bersangiz.

– Xorijiy korxonalar Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari shaklida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq tartibga solinadi.

Xorijiy korxona shaklidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda jamiyatning ustav fondi miqdori 400 million so‘mdan yuqori bo‘lishi va ta’sischilar sifatida xorijiy taraf bo‘lishi lozim.

Shuningdek, 2020 yil 6 yanvardagi “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq xorijiy korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda BHMning 10  baravari miqdorida (3 million so‘m) davlat boji undiriladi.

Taqdim etiladigan hujjatlar davlat tilida bo‘lishi kerak.

18.06.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar