Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida tashkil qilingan Respublika ishchi guruhi Samarqand shahri, Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon va Jomboy tumanlarida ommaviy qabullari o‘tkazdi. Qabul jarayonida Samarqand viloyati aholisini o‘ylantirayotgan ayrim masalalar «mahallabay» o‘rganilib, joyida hal etildi.
Xususan, sud masalasida kelib tushgan murojaatlar asosida 18 nafar mahkumga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi yengilrog‘iga almashtirildi, 37 nafar shaxs esa jazoni o‘tashdan muddatidan avval shartli ozod qilindi.
Prokuratura organlari ko‘rib chiqqan 199 ta masalaning aksariyat qismi ijobiy hal etildi. Bu jarayonda 18 nafar murojaatchiga aliment, 25 nafar shaxsga moddiy-ma’naviy zarar undirilishi ta’minlandi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyatiga oid masalalar ham hal qilindi. Oqdaryolik Vazira Jumanova bir yil avval imtiyozli kredit evaziga tikuvchilik sexi faoliyatini yo‘lga qo‘yib, 7 nafar xotin-qiz bandligini ta’minlagan edi. bugungi qabulda uning qo‘shimcha bino qurib, faoliyatini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga oid taklifi qo‘llab-quvvatlandi. Masala joyiga chiqib o‘rganilgach, yaqin orada tadbirkor ayolga homiylik hisobidan tikuv mashinalari olib beriladigan bo‘ldi.
Ishtixon tumani "Barlos" mahallasida yashovchi Gulandom Norbekova esa avvalgi qabuldagi murojaatlari asosida o‘tgan vaqt ichida unga 2-sektor ko‘magida ikki xonali shinam uy qurib berilgani uchun davlatimizga minnatdorlik bildirdi.
Jomboy tumanida qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan mashg‘ul tadbirkor Qobiljon Nurillayevga esa faoliyatini kengaytirishi uchun 200 million so‘m kredit beriladigan bo‘ldi.
Umuman, qabullar jarayonida 18 nafar murojaatchiga tadbirkorlik faoliyati uchun 1 milliard 204 million so‘m imtiyozli kreditlar ajratilishi ta’minlandi.
XALQ TA’LIMI BO‘YICHA...
Xalq ta’limi tizimi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilgach, 7 ta maktabni ta’mirlash masalasi kelgusi yillardagi investitsiya dasturiga kiritiladigan bo‘ldi, bir qator murojaatchilar maktablarga ishga joylashtirildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasiga oid murojaatlar asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj 15 nafar talabaning kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi.
Samarqand davlat chet tillar institutida ta’lim olayotgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj 10 nafar talabaning kontrakt puli institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘lab beriladigan bo‘ldi.
Murojaatlar asosida 6 nafar tadbirkor davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish uchun Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan bitim imzoladi. Payariqlik Barno Tuganova ham shunday bitim asosida tumanning Go‘zal mahallasida 75 o‘rinli nodavlat bolalar bog‘chasi tashkil qilish imkoniga ega bo‘ldi.
SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIDA...
Sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha esa 230 ta masalaning 129 tasi joyida hal qilindi. Murojaatlar asosida shifoxonalarda bepul davolanish uchun 27 ta yo‘llanma berildi, 51 ta yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. Deylik, ehtiyotsizlik oqibatida oyog‘idan ajragan ishtixonlik Nasiba Qo‘qonovaning protez o‘rnatishga oid masalasi ham shu yerda hal qilindi.
Murojaatlar asosida Oqdaryo tumani «Pichoqchi» mahallasida yashovchi Mohira A’zamova og‘ir dard bilan kurashayotgan turmush o‘rtog‘i Rustam Islomovni davolatish, payariqlik Olimjon Yoqubjonov viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida, jomboylik Nargiza Mamatqulova, Sa’dullo Haydarov Jomboy tuman markaziy shifoxonasida davolanish imkoniga ega bo‘lishdi.
Ko‘plab fuqarolar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 30 nafar ehtiyojmand insonlarga nogironlik aravachalari, ortopediya jihozlari va reabilitatsiya vositalari berildi.
Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasi mas’ullari 149 ta murojaatning 73 tasini ijobiy hal etdi. Deylik, Jomboy tumani "Qo‘lbosti" mahallasida yashovchi Xosiyat Xoliqovaning ko‘zini jarrohlik yo‘li bilan davolatish uchun mablag‘ ajratishga oid masalasiga ham yechim topildi.
TURLI MUROJAATLAR...
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga murojaatlar asosida 8 km. ichki yo‘lga tosh-shag‘al, 4,5 km. yo‘lga asfalt yotqizildi. Suv xo‘jaligi vazirligi mas’ullari esa 36 ta murojaatni joyiga chiqib o‘rgangach, 20 ta suv nasosi va agregatlarini ishlatib berdi, 66 km. irrigatsiya-melioratsiya ob’ektlari tozalandi.Jomboylik G‘ulom Qobilovning Tegirmon ariq zovurini tozalash ishlarida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati asosida qariyb bir kilometrlik zovurda qazish-tozalash ishlari bajarildi.
Ishtixonlik Murod Jo‘rayevning «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi mas’ullariga murojaatidan so‘ng tumanning «O‘zbekiston» mahallasiga shisha tolali aloqa kabellari tortilib, 128 ta xonadon internetga ulandi. Xuddi shunday murojaatlar asosida Bulung‘ur tumanining «Guliston», Jomboy tumani «Dehqonobod» mahallalaridagi 500 dan ortiq xonadonlarga ham yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i tortib berildi.
Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida tuzilgan respublika ishchi guruhining Samarqand viloyatidagi ommaviy qabullarida 3 ming 56 ta masala ko‘rib chiqilib, ularning 1 ming 311 tasi, ya’ni 43 foizi ijobiy hal qilindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |