2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Ayollar daftari” orqali muammolar qanday hal etilmoqda?

Mamlakatimizda joriy etilgan "Ayollar daftari" opa-singillarimizning turli muammolariga yechim topish, ularni o‘z vaqtida hal etish imkonini berayotgani bilan ahamiyatlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlarini "Ayollar daftari"ga kiritilgan opa-singillarimizni o‘ylantirayotgan muammolar qanday bartaraf etilayotgani bilan tanishtirish maqsadida Sirdaryo viloyatidagi amaliy ishlar bilan tanishtirdi.  

Ma’lumki, ishsizlik o‘tkir ijtimoiy masala bo‘lib, u oila farovonligi, uning mustahkamligi va boshqa ko‘plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishga sabab bo‘layotgan omillardan sanaladi.

Sirdaryo viloyat oila va xotin-qizlar  boshqarmasi rahbari Nargiza Tojiboyevaning aytishicha, yaqinlariga mahallalarda joriy etilgan xotin-qizlar faoli ishini jonlantirish, notinch, muammoli oilalar bilan ishlashga asosiy e’tibr qaratilmoqda.

Viloyatda "Ayollar daftari"da hisobda turgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashda joylarda tashkil etilgan xotin-qiz tadbirkorlik markazlarining ahamiyati katta bo‘lmoqda.

Mirzaobod tumani kimyo texnologiyasi texnikum binosining bir qismida joylashgan Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi 120 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu yerda ayol va qizlarga chevarlik, qandolatchilik, buxgalteriya, IT savodxonligi, gulchilik, asalarichilik kabi hozirda talab katta bo‘lgan 11 yo‘nalish bo‘yicha kasb -hunarga o‘qitilmoqda. Shu bilan birga markazning o‘zida tashkil etilgan maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi ayollarga subsidiya, imtiyozli kreditlar olish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga e’tibor qaratilmoqda. Markazdagi kooperativ tikuvchilik sexlari esa chevarlik bo‘yicha hunar egallagan ayollarning bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. E’tiborga molik jihati,"Ayollar daftari"da hisobda turib, kasb o‘rgangan opa-singillarimizga o‘z tadbirkorlik ishini boshlash maqsadida zarur jihozlar bilan ham ta’minlanmoqda.

Bunday e’tibor natijasida tumanning «Bog‘iston” tumanida istiqomat etuvchi “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi Nafisa Nazarova Xalq bankidan 33 million so‘m miqdorida kredit olib, o‘z ish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Gulistonda istiqomat etuvchi Manzuraxon Jiyanova esa  hayot so‘qmoqlarida adashib, achchiq-chuchukni yaxshigina totib ulgurgan ayol. Boshiga tushgan og‘ir kunlardan to‘g‘ri xulosa chiqargan Manzuraxon “Mohir ayollar” ishlab chiqarish kooperativini tashkil etib, 125 nafar  o‘zi tengi xotin-qizni ish bilan ta’minlagani diqqatga sazovor. Holbuki, u o‘z biznesini bor–yo‘g‘i ikkitagina tikuv mashinasi bilan boshlagan edi xolos.  Salmoqli miqdorda subsidiya olgan ayol ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olgani sababli endilikda nainki yurtimiz, balki xorij uchun ham kiyim-kechak eksport qilmoqda.

Guliston shahridagi “MMX PRO” polipropilen qoplari ishlab chiqaruvchi korxona yaqinda tashkil etilgan. Bu yerda 60 nafarlik  asosiy jamoa tarkibida mehnat qilayotgan 27 nafar opa-singillarimiz “Ayollar daftari”da hisobda turadi.

–  “Ayollar daftari” orqali ishli bo‘ldim, – dedi korxona ishchisi Gulmira Hojabekova. – Hozir qizim ham shu korxonada mehnat qilayapti. Qo‘ldan berganga qush to‘ymaydi, deb bekorga aytishmagan. Nafaqa orqali kun ko‘rish bilan o‘zimiz ishlab oylik maosh olib ro‘zg‘or tebratishning osmon bilani yercha farqi bor. Korxonada ishlab kam bo‘lmayapmiz.

Boyovut tumanidagi “Istiqlol” mahallasida yashovchi Gulbahor Rahmatova baliqchilik bilan shug‘ullanib kelayotganiga ikki yil bo‘ldi. Opa mo‘’zajgina hovlisida maxsus hovuzlarda baliq yetishtirish bilan birga, quyonchilik, parrandachilik bilan ham shug‘ullanadi. Mahsulotlarining bir qismini maktabgacha ta’lim muassasalariga yetkazib beradi. Sababi bolalar uchun baliq mahsuloti nihoyatda foydali ekanini aytishning o‘zi ortiqcha bo‘lsa kerak.   Baliq mahsulotlariga ovqatlanish shoxobchalarida ham talab katta ekani bu xonadonning farovonlgini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda, desak yanglishmaymiz. Yiliga mo‘maygina daromad oluvchi Gulbahor opaning tadbirkorlik ishini olib  borsa, kelinlari mahalladagi ayol-qizlarga tikuvchilik sirlarini o‘rgatib kelishadi.

– Hech bir ish o‘z-o‘zidan osongina unib qolmaydi, – dedi Gulbahor opa. – Barcha sa’y-harakatlar ortida tinimsiz mehnat, mashaqqat, ortga chekinmaslik yotadi. Eng asosiysi biz ayollarga qaratilayotgan e’tiborni doimiy o‘z faoliyatimizda his etmoqdamiz.

Mohichehra Jabborova Shirin shahrida yashaydi. Maktabni bitirgach, xotin-qizlar tadbirkorlik markazida kasbga o‘qidi. Xalq bankidan imtiyozli kredit olgach, o‘zi ham qandolatchilik sexini ochishga muvaffaq bo‘ldi. Qizlar uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etdi.

Ha, bugun xotin-qizlarni o‘ylantirayotgan muammolar boricha aytilmoqda. Shu bilan birga ularning hal etilishi yo‘llari ham belgilanmoqda. Bir qarashda, og‘ir ahvolda qolgan ayollarning ishli bo‘lishi,  o‘z tadbirkorlik faoliyatini ochishi,  korxona yoki sex tashkil etishi erishdek tuyuladi. Lekin muvaffaqiyat ortida muammolarni to‘g‘ri ko‘ra bilish, ularga oqilona yo‘l topa olish, sabr, qanoat, mashaqqatlarini munosib yengish kabi omillar bor, albatta. 

Millionlab oddiy odamlar, xonadonlar  hayotining o‘nglanib borayotgani mamlakatimizda islohotlar, barcha yangilanish jarayonlari, barcha  hayotbaxsh g‘oyalar eng avvalo inson qadri uchun ekanini ko‘rsatmoqda. Bugun Bosh qomusimizga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasig xalqimiz tomonidan qizg‘in muhokama etilmoqda. Zero, hamyurtlarimiz o‘zlari bevosita faol ishtirok etayotgan bu muhokama zamirida oddiy insonning kundalik hayoti, qolaversa jamiyat, mamlakat hayoti yangilanish, rivoj va taraqqiyot sari yuz burishini teran anglamoqdalar.  

29.06.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar