“Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlari ijrosi doirasida yurtimizdagi chekka qishloqlarda ham ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish borasida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shahar, qishloq va ovullarning ichki xo‘jalik yo‘llarini kapital va joriy ta’mirlashga alohida e’tibor qaratilayotir.
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan ham ayni chog‘da belgilangan reja asosida 1-sektorga qarashli “Navbahor” mahallasi “Do‘stlik” ko‘chasida 1,5 kilometr uzunlikdagi ichki yo‘l asfaltlashtirildi.
O‘z navbatida ko‘p yillar o‘nqir-cho‘nqir bo‘lib, aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lib kelayotgan muammolarning ijobiy hal etilayotgani shu hududda istiqomat qiluvchi aholiga mamnunlik bag‘ishlashi barobarida ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini ham oshirmoqda.
– Bilasizmi, ko‘p yillar davomida yo‘llarimiz asfaltlashtirilmagan edi, – deydi turkman millatiga mansub mahalla faoli Mo‘min Quliyev. –Davlat dasturi doirasida nainki yo‘llar, balki mahallamiz ham obod bo‘ldi. Bundan faqat ko‘z quvnaydi. Bu yerda joylashgan ijtimoiy ob’ektlar ta’mirlandi. Uylarning oldi tartibga keltirildi. Simyog‘ochlar yangilandi. Gaz quvurlari ranglandi. Mahalladoshlarimiz juda ham xursand.
– Ko‘p yillar mahalla fuqarolar yig‘inida mehnat qildim, –deydi mahalla faoli Mahliyo Beshimova. – Lekin bunchalik o‘zgarishlarga endi guvoh bo‘layapman. Umuman olganda, olis cho‘l bag‘ridagi neftchilar shaharchasi bugun tamomila o‘zgacha qiyofa kasb etmoqda.
Viloyat markazidan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan mahallalarda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz tom ma’noda yangi O‘zbekistondagi keng ko‘lamdagi islohotlarni o‘z hayotlarida his qilmoqda. Albatta, bularning barchasi mamlakatimizda inson qadri nechog‘li ulug‘ ekanining yana bir ko‘rinishidir.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |