Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tgan vaqt davomida 5 004 ta murojaat qabul qilingan. Shulardan 631 tasi ijobiy hal etilib, 500 dan ortig‘i qaror talablari asosida rad etilgan.
O‘rganish jarayonida muddati buzilgan murojaatlar Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganilib, ta’sir choralari qo‘llanilmoqda. Xususan, bugunga qadar komissiya a’zolaridan 23 nafar xodimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilgan.
Agentlikning shahar va tuman bo‘limlari tomonidan “O‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish hamda muddatida qayd etilmagan fuqarolik holati dalolatnomalarini (nikoh, tug‘ilganlik, o‘lim guvohnomalari) rasmiylashtirish vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi Davlat xizmatlari markazi tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar hududida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha shahar hokimining qarori markazga murojaat etgan 15 nafar fuqaroga topshirildi. Shahar hududidagi Ingichka qo‘rg‘onida uzoq yillardan buyon qurilgan uy-joylarga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilmay kelayotgan fuqarolar Risolat Karimova, Ro‘zigul Shukurova, Sherzod Shukurov, Dilrabo Kubayevalarning murojaatlari belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib ijobiy hal etildi.
Ayrim sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida tug‘ilganlik guvohnomalari olinmagan 2006-yilda tug‘ilgan Ozoda Muhammadiyeva va 2010-yilda tug‘ilgan Parviz Sag‘dullayevga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |