2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
To‘ra Bobolov: Bobotog‘ – Yangi O‘zbekistonning eng obod go‘shasiga aylanadi

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Uzun tumanidagi olis va to-li Bobotog‘ massivida bo‘lib, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Aholini muborak Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklab, ularning taklif va muammolarini tingladi.

Ochiq muloqatlarda konstitutsiyaviy islohotlarning huquqiy asoslari, Bosh qomusimizga kiritilishi kutilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan xalqparvar davlat barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash kabi muhim vazifalar haqida ma’lumot berildi. Asosiy qonunimizga инсоннинг huquq va erkinliklari, oila, mehnat munosabatlari, sud-huquq sohasi, tadbirkorlik va yerga oid masalalar, ta’lim, tibbiyot, ekologiya va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda taklif etilayotgan o‘zgartirishlar, so‘nggi yillarda viloyat hamda chekka Bobotog‘ massivida yuz berayotgan yangilanishlar to‘g‘risida fikr almashildi. 

Bobotog‘ massivi Termiz shahridan 260, Uzun tumani markazidan qariyb 75 kilometr olisda joylashgan. Prezidentimizning 2021 yil 17 fevraldagi “2021-2023 yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori uzoq yillar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolgan tog‘li hududni yuksaltirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Mazkur hujjatga muvofiq aholining munosib turmush kechirishi uchun barcha qulayliklar yaratilib, sanoat, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda istiqbolli investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy, energetika va telekommunikatsiya ob’ektlari qurilib, mavjudlari rekonstruksiya qilinayotir. Qishloqlar qiyofasi tubdan o‘zgarib, 16 mingga yaqin aholining obod turmush kechirishi, farovon yashashi, yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun zarur sharoit yaratilayotir. 

–Bobotog‘ – Yangi O‘zbekistonning eng obod go‘shasiga aylanadi,–dedi viloyat rahbari Nurli kelajak mahallasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.–Buni hududda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari misolida o‘zlaringiz ko‘rib turibsizlar. Mamlakatimizning barcha joylarida yuz berayotgan xuddi shunday o‘zgarishlar, jamiyatimiz va odamlar ongu-shuuridagi yangilanishlar yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratish zaruratini yuzaga keltirdi. Shu asosda ishlab chiqilgan лoyиҳада Asosiy qonunimizga 200 ga yaqin  o‘zgartirish, oltita yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritish kutilmoqda. Sizlar ham mazkur siyosiy jarayonda faol ishtirok etib, qonun loyihasiga takliflaringizni berishingizga ishonaman. 

Purviqor tog‘lar bag‘ridagi Nurli kelajak mahallasi bundan 20 yil muqaddam tashkil etilgan. Hududda 86 xonadon mavjud bo‘lib, ulardagi 123 oilada 522 kishi istiqomat qilmoqda. Aholi asosan chorvachilik va lalmi yerlarda dehqonchilik qilish bilan shug‘ullanadi. 

Ochiq muloqot yakunida To‘ra Bobolov aholi murojaatlarini tinglab, mutasaddi rahbarlar bilan ularning yechimini izladi. Jumladan, fuqarolarning aytishicha, bu yerda ichimlik suv masalasi dolzarb muammoga aylangan. Xususiy avtmashinada keltiriladigan ichimlik suvni aholi 800 ming so‘mdan sotib oladi. Odamlarni qiynayotgan bu masalasini hal etish uchun mutasaddilarga mahallani bir hafta muddatda ikkita maxsus suv tashiydigan avtomashina va bepul toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash vazifasi topshirildi. Chorvachilik va lalmi yerlarda dehqonchilik qilish odamlarning asosiy daromad manbai bo‘lib, yer maydonlari qorako‘lchilik klasteri balansiga o‘tib ketgan. Murojaatchilar viloyat rahbaridan mana shu masalani yechib berishni so‘radi. Shuningdek, yuzma–yuz muloqotda soliq to‘lovlari, maishiy gaz ballan va elektr energiyasi ta’minoti, moddiy yordam, xotin-qizlar uchun ish joylari barpo etish, maktabgacha ta’lim muassasasi qurish, maktabda labaratoriya, sport zali barpo etish kabi masalalar ham o‘rtaga tashlandi.

Mahalla ahlining barcha murojaatlari tinglangach, chorvachilik yo‘nalishida kooperativ tashkil etib, qorako‘lchilik klasteri balansiga o‘tkazilgan 1 ming 200 gektar yaylovni aholiga qaytarib berish vazifasi qo‘yildi. Yer solig‘ini hisoblash masalasi qayta ko‘rib chiqilib, suvli yer sifatida olinayotgan soliq to‘lovlari sessiya qarori bilan lalmi maydonlarga eng minal ko‘rsatkichda to‘lash tartibi joriy etiladigan bo‘ldi. Elektr energiyasi ta’minoti va ichki yo‘llar bilan bog‘lik muammo ham joyida yechimini topdi. Buning uchun bir oy muddatda 50 ta elektr ustuni o‘rnatib, yangi transformator bilan ta’minlanadi. To‘rt kilometr yaroqsiz yo‘l ta’mirlanadi. Mahallada “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan 11 nafar, ijtimoiy ko‘makka muhtoj 6 oilaga bir martalik ijtimoiy yordam ko‘rsatish topshirig‘i berildi. Murojaatlar yechimi bo‘yicha 800 million so‘mga yengil konstruksiyali sport zal, sendvich paneldan 50 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi quriladi. 40 xotin-qiz bandligi ta’minlanadigan mu’jazgina korxona barpo etilib, ip yigiruv uskunasi va tikuv mashinasi, zardo‘zlik dastgohlari o‘rtanitiladi. Bir hafta muddatda murojaatchilarga 13 ta maishiy gaz ballon yetkazib beriladi. Maktabda fizika labaratoriyasi barpo etish, tibbiy xizmat sifatini oshirish yuzasidan ham mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. 

–Yaqin yillarda ham e’tibordan chekkada qolgandek tasavvurda yashar edik,– deydi mehnat faxriysi Uzoqboy Davlatov.– Mana, keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar bizning qishlog‘imizgacha yetib keldi. Muammolarimiz bosqichma-bosqich hal etib, turmush darajamiz oshmoqda. Eng muhimi katta-kichik rahbarlar bizdan xol-ahvol so‘rab, dardimizni tinglamoqda. Yoshim 70 ga yaqinlashdi. Hayotimni yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlab, maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishladim. Lekin, o‘sha yillarda pedagoglarning huquq va manfaatlari amaldagi Konstitutsiyamizda aniq-tiniq belgilanmagan edi. O‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan boyitilayotgan Asosiy qonunimizga pedagoglar huquqlarini kafolatlaydigan norma kiritilayotganini eshitib, juda quvondim. Chunki, bu masala biz o‘qituvchilar uchun yaqin yillarda ham ruyobga chiqmaydigan orzudek bo‘lib tuyular edi. Inson qadrini ulug‘lashga qaratilayotgan bunday e’tibor uchun davlatimizdan behad minnatormiz.

Shu kuni viloyat hokimi To‘ra Bobolov hududdagi Oq machit mahallasi aholisi bilan ham uchrashib, konstitutsiyaviy qonun loyihasini muhokama etdi. Yoshlar o‘rtasida sport bellashuvlari o‘tkazilib, g‘oliblar munosib rag‘batlantirildi. 

09.07.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar