Jizzax davlat pedagogika universiteti tashabbusi bilan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazldi.
Unda faxriy ustozlar, bugungi kunda yoshlarga ta’lim-tarbiya berayotgan malakali professor-o‘qituvchi va yosh olimlar, turli yillarda universitetda ishlab, hozirda mamlakatimizning turli burchaklarida ish faoliyatini olib borayotgan har xil soha vakilari hamda fan olimpiadalari va turli tanlovlar g‘olibi bo‘lgan talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda universitet rektori, professor Shavkat Sharipov va boshqalar so‘zga chiqib mamlakatimizning barcha tizimlaridagi kabi oliy ta’limda ham amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining samaralarini berayotgani ta’kidlandi.Tarixni, bugunni va kelajakni o‘zida mujassam etgan bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oliygohda an’anaga aylanib borayotgani quvonarli hol, albatta.
– Prezidentimizning joriy yilning 21 iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga, rasman Jizzax davlat pedagogika universiteti maqomi berildi, – deydi universitet rektori, professor Sh.Sharipov. – “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” munosabati bilan bugungi “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – yoshlarimizni va tadbir ishtirokchilarini davlatimiz rahbarining ushbu PQ-289 sonli qarori mazmun-mohiyati bilan yaqindlan tanishgtirish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, aholi farovonligi yo‘lidagi xayrli ishlar, yosh avlod uchun qaratilgan hukumat darajasidagi e’tibor va g‘amxo‘rlik ishlari borasida erishilgan yutuqlar bilan yaqindan tanishtirish va eng muhimi, keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribalarini o‘rganish, o‘zlashtirish, ommalashtirishdan iboratdir.
Shuningdek, tadbirda oliygohga universitet maqomining berilishi munosabati bilan xorijiy davlatlardagi hamkor oliy ta’lim muassasalaridan yo‘llangan bir qator tabrik xatlari ham o‘qib eshittirildi. O‘ziga xos tarzda o‘tkazilgan tadbirda yoshlarga yaratib berilgan sharoitlar, ta’lim tizimidgi o‘zgarishlar, O‘zbekistonning ravnaqi yo‘lida birlashish mas’uliyati muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi. Uchrashuvda so‘zga chiqqan faxriy ustozlar hayotiy tajribalari, erishgan yutuqlari, qilgan ishlari haqida yoshlarga aniq misollar bilan so‘zlab berdi.
Madaniy-ma’rifiy tadbir davomida oliygohda tashkil etilgan Eson Lutfillayev nomli talabalar maqom ansambli xonanda va sozandalarining chiqishlari ishtirokchilarga manzur bo‘ldi. Tadbir yoshlardagi kuch-g‘ayrat o‘rta va keksa avlod vakillarining boy hayot tajribasini birlashtirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Keksalarning o‘gitlari, turli sohalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan o‘rta avlod vakillarining chiqishlari – universitet talaba-yoshlarini chuqur bilim olishga, doim yaxshilik qilishga, yurt ravnaqi, xalq faravonligi uchun xizmat qilishga, inson qadrini ulug‘lashga undadi.
Muxtasar qilib aytganda, “Uch avlod uchrashuvi” yoshlarning nafaqat ma’nan yetuk bo‘lib ulg‘ayishida, balki faxriy ustozlarning hayot maktabi bilan yaqindan tanishishida va uni o‘z mehnat va hayot faoliyatlarida qo‘llashlarida katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |