2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Yangig‘azg‘on”liklarni qanday muammolar qiynamoqda?

Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov viloyat va tuman sektorlari rahbarlari hamda tegishli mutasaddilar hamrohligida viloyat markazidan 250 kilometr olisda joylashgan “Yangig‘azg‘on” OFY hududiga kiruvchi “Fidokor” ovuliga tashrif buyurdi.

Ko‘pdan buyon rahbarlar qadami yetmagan “Fidokor”da 500 nafardan ko‘proq qozoq millatiga mansub aholi istiqomat qiladi. Turmush manbai asosan chorvachilik bo‘lgan mazkur hududda “Obod qishloq” davlat dasturi asosida joriy yil istiqlol bayrami arafasida 160 o‘rinli 1 ta umumta’lim maktabi va 60 o‘rinli 1 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.

Viloyat rahbari dastlab ushbu ijtimoiy ob’ektlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shundan so‘ng uyma-uy yurib, hududdagi aholining ijtimoiy muammolari o‘rganildi.

Hududda istiqomat qiluvchi Abdulla Qalimbetov ko‘p yillardan buyon nogironligi sabab ijtimoiy ahvoli og‘irlashib qolgan.  
N.Tursunov bilan muloqot chog‘ida u oilasi bilan yashab turgan xonadonini ta’mirlab berishini so‘rab murojaat qildi. Xuddi shunday Tajigul Yeshpulatova ham boquvchisini yo‘qotganligi, yashab turgan xonadoni ta’mirtalab bo‘lib qolganligi sabab uyini ta’mirlashga ehtiyoji borligini bildirdi. Viloyat rahbari har ikkala fuqaroning xonadoni tez kunlarda ta’mirlanishini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma berib, masalaning yechimi manbasini ham aniq ko‘rsatib o‘tdi.

Shundan so‘ng aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Samimiy suhbat chog‘ida odamlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar bilan birga, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan roziliklarini ham izhor qilishdi.

Aholining turmush darajasini yaxshilash hamda hududda chorvachilik sohasini taraqqiy etishida yo‘llarning tekis va ravon bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.  

Shu jihatdan mahalliy chorvador aholi kundalik ehtiyoj mollari hamda chorvachilik mahsulotlarini xarid qilish uchun qo‘shni Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumaniga borishlariga to‘g‘ri keladi. Yozning jaziramasi, qishning ayozli kunlarida Qizilqum barxanlaridan tarkib topgan qumli yo‘llar, ayniqsa, saratonda qumlarning kuchishi oqibatida aholi xavf-xatarlarga duch kelishmoqda. Shu bois yo‘llarga qum-shag‘al tashlab tartibga keltirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi.

Vaziyatni o‘rgangan viloyat rahbari N.Tursunov o‘z so‘zida ushbu muammoni bugun yoki ertaga emas, balki, kuz faslida mahalliy byudjet hisobidan hal qilib beradigan bo‘ldi. Buning rejasini tez kunlarda ishlab chiqish va takliflar kiritish bo‘yicha viloyat Avtomobil yo‘llari xududiy boshqarmasi mutasaddilariga topshiriq berdi.

Aholi salomatligini muhofazalash borasida hududdagi “Yangig‘azg‘on” qishloq vrachlik punkti filiali bilan yaqindan tanishish jarayonida esa hududda hamshira yetishmasligi, QVP binosining xonalari kamligi aniqlandi.  

Bu kamchiliklar ham tez fursatda yechim topadigan bo‘ldi. QVP binosi yoniga qo‘shimcha barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy konteyner poliklinika joylashtiriladigan bo‘ldi.

“Fidokor” ovuli aholisi bilan uchrashuvi nihoyasiga yetgach, viloyat rahbari hamrohlari bilan “Yangig‘azg‘on” OFY hududida “Sputnik Radik” MCHJ tomonidan tashkil etilayotgan dam olish va sog‘lomlashtirish maskanidagi qurilish ishlari hamda dam oluvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdi.

Bu yerda sayyohlar uchun an’anaviy va noan’anaviy bo‘lgan 10 ga yaqin xizmat turlari yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, respublikamizning barcha hududlarida ham mavjud bo‘lmagan ot va tuyada hamda kvadrotsiklda sayr qilish, tuz va tuya suti bilan davolash, yulduzlarni kuzatish xizmatlari shular jumlasidandir.

Cho‘l hududida tashkil etilayotgan ushbu maskanda loyiha quvvatiga ko‘ra bir kunda 250 nafarga yaqin dam oluvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ushbu maskan ishga tushishi bilan 20 yaqin yangi ish o‘rni yaratilib, turizm xizmati eksporti yiliga 800 ming dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilgan. 

18.07.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar