2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Zoyir Mirzayev ko‘rsatkichi past 18 nafar hokim yordamchisini ishdan olishni taklif qildi

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev, viloyat Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilot mutasaddilari hamda OAV vakillari qatnashdi.

Joriy yil 1-yarim yilligida Parkent tumani hokim yordamchilari ishini muvofiqlashtirish va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tuman sektor rahbarlarining hisoboti tinglandi. Qayd etilganidek, o‘tgan davr mobaynida “Onlayn mahalla” platformasida 1-sektordagi hokim yordamchilari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) 88,66 ballni tashkil etdi. Hokim yordamchilari tomonidan 6 oyda “Onlayn mahalla” elektron platformasiga 3-sektordagi mehnatga layoqatli ishlash istagi bo‘lgan 1 ming 274 nafar ishsiz aniqlanib dasturga kiritildi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali 316 oilaga jami 7,2 milliard so‘m miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratildi. Boshqa hududlarda ham bu boradagi ishlar davom etyapti.

Sessiyada Zoyir Mirzayev tuman-shaharlarda ko‘rsatkichi past 18 nafar hokim yordamchisini ishdan olish borasida taklif kiritdi.

Shundan so‘ng Prezidentimizning 2021 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi ko‘rib chiqildi. Unga asosan tegishli vazirliklarning bo‘limlari, tuman hokimliklari va sektor rahbarlari bilan birgalikda Toshkent viloyatida ijtimoiy hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining dastlabki loyihasi shakllantirildi.

Dastur parametrlariga muvofiq, 2023 yilda barcha tarmoqlar bo‘yicha jami 148 ta loyiha bo‘yicha qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari amalga oshiriladi. Bunda 15 ta loyiha yildan yilga o‘tmoqda va 107 tasi yangidan boshlanmoqda. Bu pudrat tashkilotlarini aniqlash “Shaffof qurilish” elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

Deputatlar tomonidan Toshkent viloyatida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish hamda sement beton qoplamali ichki yo‘llar uchun ajratilgan mablag‘larni hududlar kesimida taqsimlanishi bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash masalasi muhokama qilindi. Mazkur masala bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan Toshkent viloyati hokimligi yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish sho‘basi mudiri E.Mirxoliqovning hisoboti tinglandi.

Jumladan, Nurafshon shahrida “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga sun’iy hovuz qurilishi uchun yangi kanal qazish ishlari amalga oshrilyapti. Buning uchun hududda joylashgan 3 ta fermer xo‘jaligining yer maydonlaridan ma’lum bir qismi davlat zaxirasiga qaytarishga ruxsat berildi. Shuningdek, Toshkent yo‘li ko‘chasining 6,7 kilometr qismini rekonstruksiya qilish munosabati bilan 123 ta ob’ektni kompensatsiya mablag‘larini to‘lagan holda buzilishi ham rejalashtirilyapti. Kengash a’zolari bu borada o‘z fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, sessiya kun tartibiga kiritilgan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati bo‘limi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘lar va ularni sarflash, aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, aholiga bo‘lib berilgan yerlardan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha qator masalalar muhokama qilinib, tegishli tartibda qarorlar qabul qilindi.

22.07.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar