Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan ommaviy qabullar va ochiq muloqotlarda yurtdoshlarimiz o‘zlarining ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq muammolarini o‘rtaga tashlayotgan bir paytda ayrim jonkuyar fuqarolar tevarak-atrofni muhofaza qilish, o‘simlik dunyosini asrab-avaylab, ekologik barqarorlikni saqlash kabi umummilliy masalalar haqida fikrlashga chorlayotgani e’tiborga molikdir.
Jumladan, joriy yil 11-16 iyun kunlari Respublika Ishchi guruhining Surxondaryo viloyatida o‘tkazgan ommaviy sayyor qabulida Boysun tumanidagi Yuqori Machay mahallasida yashovchi Kamol Murodov Machay o‘rmon bo‘limi hududida chorva mollari boqilishi va tog‘dagi dov-daraxtlar kesilayotganini tashvish bilan bildirib, uning oldini olish taklifini ilgari surgan edi.
Tabiat jonkuyarining mazkur murojaatini Surxondaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Milliy gvardiyaning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq atroflicha o‘rgandi. Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligining Machay o‘rmon bo‘limiga qarashli 5-aylanma 17-kvartalida tegishli tahlil va nazorat tadbirlarini amalga oshirdi
Ma’lum bo‘lishicha, Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlarining hududda har yili bahorgi va kuzgi taftish o‘tkazishi belgilangan. Biroq, o‘rmon xo‘jaligining 5-aylanma 17 kvartalida mazkur ish amalga oshirilmay, o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaralgan. Mas’uliyat unutilgan. Buning oqibatida hududda Zarafshon archasi, bodom, zarang kabi noyob daraxtlar noqonuniy kesilib, tegishli ruxsatnomasiz mayda shoxli mollar tog‘ning xushmanzara tabiat qo‘ynida boqib kelingan.
O‘rganishlar chog‘ida murojaatchining haq ekani va o‘simlik dunyosiga yirik miqdorda zarar yetkazilgani aniqlandi. Mutaxassislarning amaldagi tartibga ko‘ra hisob-kitobi bo‘yicha zarar miqdori 193 million 200 ming so‘mni tashkil etdi.
Tabiat fidoyisining murojaati har taraflama o‘rganilgach, to‘plangan hujjatlar aybdorlarning javobgarlik masalasini hal etish va yetkazilgan zararni undirish uchun viloyat prokuraturasiga taqdim etildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |