2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qishloqlarga yangi hayot baxsh etayotgan dastur

Odamzot obod, qulay, yaxshi joyda emin-erkin yashaydi.

Agar yashayotgan joyini yaxshilashning iloji bo‘lmasa, boshqa joyga ko‘chadi. 

Bundan besh yil avval Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘idan ham odamlar ko‘chib keta boshlagan edi. 2018 yil Prezidentimiz tashabbusi bilan “Obod qishloq” dasturining amalga oshirilishi bu jarayonni to‘xtatdi. Qishloqning hayotida yangi davr boshlandi.  

Faqat Manasda emas, mamlakatimizning barcha hududlaridagi qishloqlarda hayotni tubdan o‘zgartirgan ushbu dastur asosida  amalga oshirilgan katta ishlarni bugun hatto boshqa mamlakatlarda ham yaxshi bilishadi. Oradan besh yil o‘tib bu voqealarni eslashning sababi pandemiya tufayli biroz sustlashgan bu bundyodkorlik Davlatimiz rahbarining joriy yil 18 martdagi  “2022 – 2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan yana jonlandi. Endi Manasda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan katta bunyodkorlik harakati yana keng quloch yozgani bu ish birinchi boshlangan nuqtada erishilgan natijalarni yana esga soldi.      

Bundan besh yil avval  “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishda Manas namuna-sinov maydoni bo‘lib xizmat qilgan edi. Ushbu dastur  tufayli Manas xarob qishloqdan obod go‘shaga aylanganini nafaqat respublikamiz viloyatlaridan, qo‘shni mamlakatlardan ham odamlar kelib ko‘rib ketishdi. Bu haqda o‘zimizda ham, xorijdagi ommaviy axborot vositalarida ham ko‘p yozildi. 

Masalan,  Bolosog‘un nomidagi Qirg‘iziston milliy universiteti dotsenti Mirsaid Anarbayev “Achыk soz” (“Ochiq so‘z”) gazetasi 2018 yil 13 sentyabr sonining  yarim sahifadan ko‘prog‘ini egallagan “Beqiyos o‘zgargan Manas” sarlavhali maqolasida o‘zining ko‘rganlarini maroq bilan hikoya qilib shunday yozgan:

“Manas qishlog‘i O‘zbekistonning 10 ta viloyati oralab o‘tib, mamlakatni Eron, Afg‘oniston va Turkmaniston bilan bog‘laydigan ulug‘ yo‘lga yaqin joylashgan. Eng muhimi qishloqqa Prezidentning nazari tushdi. Uni ko‘rgani atayin uzoqlardan tashrif buyuruvchilarning qadami uzilmayapti. Istagimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshlagan ushbu xayrli tashabbus qanot yozib, butun mamlakat obod va faravon bo‘lsin”.
 Haqiqatan ham “Obod qishloq” dasturi  dastlab sinovdan o‘tkazilgan Manas qishlog‘ida amalga oshirilgan ishlar tarixdagi eng xayrli ishlardan biri bo‘ldi.    

Ushbu dasturni amalda sinovdan o‘tkazish uchun Manas qishlog‘i tanlangani bejiz emas. Jizzax cho‘lini o‘zlashtirishning ilk davrida viloyat markazidan 70 kilometr olisda barpo etilgan Manas qishlog‘ida odamlarning  yashash sharoti o‘ta og‘ir edi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasida ishlagan  davridan bu yerdagi  og‘ir sharoitdan xabardorligi uchun qishloqlar hayotini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan dasturni sinovdan o‘tkazish uchun aynan uni tanlagan bo‘lsa kerak.   

Mingdan ziyod xonadonda 6 mingdan ko‘proq turli millat vakillaridan   iborat aholi istiqomat qilayotgan qishloqda ko‘cha va yo‘llar, ichimlik suvi, issiqlik, elektr energiyasi tarmoqlari, madaniy, maishiy xizmat  ko‘rsatish, xullas barcha infratizim inshootlar foydalanish muddati o‘tib, izdan  chiqib bo‘lgan edi.  25-30 yil davomida ta’mirlanmagan qishloq uylarining, ijtimoiy inshootlarning  tashqi qiyofasi  ayanchli ko‘rinardi. Qishloqda boshqa ish bo‘lmaganidan aholi kottedj, ko‘p qavatli uylar yonidagi bo‘sh yerlarga xom g‘ishtdan kichik-kichik molxonalar qurib  qo‘y-echki, sigir boqib tirikchilik qilardi.

Yillar davomida sekin-asta yuzaga kelgan qishloq inqirozi odamlarning ruhiyatida ham ko‘nikma hosil qilgan, bu qiyinchilikni hukumatning, mahalliy hokimiyatning e’tiborsizligi emas, taqdirning, qismatning buyurgani sifatida qabul qila boshlagandi.  Ko‘pchilik  2-3 kilometr uzoqlikdan suvni tashib ichishga eshak aravasi, yana  birov qishda isinishga g‘o‘zapoyasi, dasturxonda non-choyi, har zamon qora sho‘rvasi borligiga shukur qilardi. 

Bu hayotga ko‘nikmagan o‘ziga to‘qroq, imkoniyati bor oilalar qo‘shni mamlakatlarga, respublika, viloyat markaziy shaharlariga ko‘chib ketgandi. Yoshlarning aksariyati xorijga chiqib ishlab kelishni ham muvaffaqiyat hisoblardi.  Bunday imkoniyati bo‘lmaganlar turmush qiyinchiliklari bilan mardonavor kurashib yashashda davom etayotgandi.

Qishloqdagi vaziyat  allaqachon  hammasini yangilashni, boshqatdan boshlashni taqoza etardi. Bu ish katta kuch, katta mablag‘ talab qilishi,  Respublika hukumatining yordamisiz bu ishni bajarib bo‘lmasligi ham ko‘rinib turardi. 

Obod qishloq” dasturi qabul qilinishi bilan Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq Manasga  turli vazirlik va idoralardan tegishli mutaxassislar, texnikalar ko‘makka kelib ish boshlagach, bir oy ichida 34 ta to‘rt qavatli uy kapital, 30 dan ziyod shaxsiy xonadonlar joriy ta’mirdan chiqarildi. Ikkita maktab, ikkita maktabgacha ta’lim muasassasi 500 tomoshabin zaliga ega madaniyat saroyi to‘liq kapital ta’mirlanib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi.   22 ta ko‘chaning barchasiga to‘liq  tosh-shag‘al yotqizildi.10 ta ko‘cha eni 6 metr kenglikda asfaltlandi. Yo‘l va ko‘chalarning  chekka qismiga suv qochirish uchun 6 kilometrdan ziyodroq  latok o‘rnatildi.

Dastur doirasida sizot suvlari sathi ko‘tarilishini bartaraf etish uchun 41 kilometr uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlari tozalandi. Ikki qavatli 34 ta uyning tomi qayta yopildi. Uy-joylar atrofidagi rejasiz qurilishlar o‘rnida yangidan yordamchi binolar, tandirxonalar kurildi. Mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. 

Aholini ichimlik suv bilan ta’minlash maqsadida “Suvoqova” davlat unitar korxonasi jamoasi tomonidan 6,5 kilometrlik suv quvuri yotqizildi. Suv tarqatish inshootlari ta’mirdan chiqarildi. 2 umumta’lim maktabi ta’mirlanib, qayta jihozlandi. Ushbu maktablarda o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonasi barpo etilib, duradgorlik, chilangarlik, tikuvchilik dastgohlari bilan ta’minlandi. 17 ta bolalar maydonchasi, 2 mini futbol maydoni, 250 o‘rinli stadion barpo etildi.

Dastur davomida qishloqda amalga oshirilgan eng katta o‘zarishlardan biri qishloq ahli uchun ishlash imkoniyati, doimiy daromad manbai yaratilgani bo‘ldi. Dasturini amalga oshirish davomida 200 nafardan  ziyod xotin-qizning bandligi ta’minlandi. Jumladan, “Jizzaxpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 100 o‘rinli, “Zaminteks” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 20 o‘rinli tikuvchilik sexlari qurilib, qishloq xotin-qizlaridan 120 nafari ishga joylashtirildi. 

30 ta issiqxona, ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarning mollarini boqish uchun 100 boshga mo‘ljallangan zamonaviy ferma qurildi. Aholining kundalik ehtiyojini ta’minlash maqsadida zamonaviy ko‘rinishdagi 31 ta savdo do‘koni, novvoyxona, hammom barpo etildi. Qishloq vrachlik punkti qayta rekonstruksiya qilinib, uning o‘rnida 500 qatnovga mo‘ljallangan oilaviy poliklinika tashkil etildi. 

– Xalqimizning  muammolarini yaxshi biladigan va uni hal eta oladigan  Prezidentimiz nazari qishlog‘imizga tushishi bizning baxtimiz bo‘ldi,   – deydi o‘sha yillarda “Manas” qishloq fuqarolar yig‘iniga rais bo‘lgan, mehnat faxriysi   Jalil Kenjayev. –   Manas respublikamiz tarixida eng qisqa fursatda qayta qurilgan qishloq bo‘lsa kerak. 45 kun  davom etgan hashar davomida amalga oshirilgan ishlarning barchasini sanab chiqish qiyin albatta. Bu ishning butun ko‘lamini, mahobatini his etish uchun kelib ko‘rish kerak.

Ko‘p qavatli uylar oldidagi  molxonalar  o‘rnida qurilgan o‘yin maydonchalarida bugun qishloq bolalarining  shodon ovozlari yangramoqda. Hovlilarda gulzorlar barpo etilib, dam olish uchun o‘rindiqlar o‘rnatilgan. Bundan besh yil avval ekilgan daraxtlar bugun voyaga yetib meva, soya berayotir. 

Dastur amalga oshirilgunga qadar Manasda hovlisidan daromad oladigan xonadonlar kam edi. Suv kelmasligi, yerning sho‘rligi asosiy sabab qilib ko‘rsatilardi. Qishloqni obodonlashtirish davomida buning ham imkoniyati topildi. Oqar suv keldi. Sho‘r yerda anor rivojlanar ekan. Bugun  qishloqdagi har bir xonadonda anor yetishtiriladi. 

– Hovlimizda  100 dan ziyod anor o‘sayotir,  – deydi  Barchinoy Xayitmatova. – Ro‘zg‘ordan orttirib har yili yarim tonnacha anor sotamiz. Oilaga qo‘shimcha daromad. “Ayollar daftari”ga kiritilgan edim. Mahalla ko‘maklashib mo‘jazgina issiqxona ham qurib berdi. Qishlog‘imizni obodlashtirib, turmushimizni yaxshilashga g‘amxo‘rlik qilgan Prezidentimizdan minnatdorman. 

Yaxshi ishning yaxshiligini aytish ham zarur. Qishloqlarni obodonlashtirishda, yangilashda namuna-sinov maydoni bo‘lgan Manasda amalga oshirilgan ishlar kelib ko‘rishga, maqtovga arzirli.

Qishloqni obod qilish faqat aholining moddiy ehtiyojini qondirishgina emas, qishloq turmush madaniyatini yuksaltirish, yoshlar ma’naviyatini o‘stirishda juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 500 o‘rinli “Manas” madaniyat uyi  to‘liq ta’mirdan chiqarilib, madaniy-ma’rifiy maskanga aylantirilishi bilan turli ommaviy  tadbirlar o‘tkazish uchun imkoniyat yaratildi. Qishloqqa  respublikamizning taniqli  san’at va madaniyat arboblari ishtirokida ijodiy tashkilotlar jamoalari kelishi, uchrashuvlar, badiiy kechalar  o‘tkazilishi, konsertlar tashkil etilishi endi odatga holga aylandi. Qardosh Qirg‘izistondan taniqli ijodkorlar tashrif buyurib manasdagi millatdoshlari hayoti bilan tanishib ketishdi. 

Yaxshi ishning yaxshiligi faqat birgina moddiy jihatda emas.  O‘tgan asrning 80-yillarida tashkil topgan “Marjon” qirg‘iz milliy folklor ansambli keyingi yillarda faoliyati deyarli to‘xtab qolgandi. Dastur amalga oshirilishi sharofati bilan ansambl qaytadan tug‘ildi. Qisqa muddatda qayta tiklangan ansambl tuman va respublikamiz miqyosida o‘tkazilgan madaniy va ommaviy tadbirlarda faol qatnashib yuksak badiiy ijrochilik mahoratini namoyish etdi. 40 nafar manaslik talantli yoshlardan tashkil topgan badiiy jamoa o‘tgan yili shahar, tuman badiiy jamoalari o‘rtasida tanlovning viloyat, respublika bosqichlarida ikkinchi o‘rinni egalladi. 

Katta bayram va festivallarda, jumladan atoqli adib Chingiz Aytmatovning 90 yilligiga bag‘ishlab Toshkentda o‘tkazilgan konsertda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 

 “Obod qishloq” dasturi asosida Manasda amalga oshirilgan ishlar xalqimiz faravonligini oshirish, turmush madaniyatini yuksaltirishda naqadar  dolzarb ahamiyatga ega vazifa ekanligini yaqqol  ko‘rsatib berdi.  

Bu ezgu ish, avvalo, odamlarni hayotdan rozi qilib, ularning ertangi  kunga, davlatimiz tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga  ishonchini mustahkamladi. 

Manas qishlog‘ida orttirilgan tajriba Mirzacho‘lning Gagarin shahrida yanada boyidi. Dasturni amalga oshirishda bu yerda 2 mingga yaqin aholi yashaydigan 317 ta barak uydan  iborat kattagina massivni buzib, bu kulbalarning egalari uchun  zamonaviy turar joy binolari barpo etildi. Qisqa muddatda 317 ta, jumladan, 4 sotixli 2-3 xonali 223 ta namunali uy, 2-3 xonali 94 ta ko‘p qavatli uy qisqa muddatda, may-oktyabr oylarida qurib bitkazildi.

Shahar markaziy ko‘chasining 1,3 kilometrlik qismi 3 metrga kengaytirilib, umumiy uzunligi 7,5 kilometr yangi lotok, 17 kilometr bordyur o‘rnatildi. Shaharda 21 kilometrlik ichki yo‘l va ko‘chalar ta’mirlanib, asfalt yotqizildi. 27 kilometr piyodalar yo‘lakchasi qurilib, ko‘cha bo‘ylab 192 ta yoritish ustuni o‘rnatildi.

Gagarinni ko‘rkam va yashil shaharga aylantirish uchun 27,5 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxtlar, 100 mingdan ortiq gul ko‘chatlari ekildi, 21,5 ming kvadrat metr maydonga chim yotqizildi. 

Mirzacho‘ldagi qurilishning ko‘lami Manasdagidan ko‘ra bir necha marta  kattaroq, sur’ati ham yuqori, sifati ham chinakam shaharmonand bo‘ldi.   Bundan tashqari, ko‘p yillar ta’mirlanmagan uylar  turarjoylar ta’mirlanishi shaharga shinamlik,  kenglik va ko‘rkamlik bag‘ishladi.  

Keyingi yillarda mamlakatimiz, xalqimiz, odamlar hayotida    o‘zgarishlar shunchalik tez ro‘y bermoqdaki,  ularni to‘liq anglay olmay qolayotgandekmiz. Shuurimizda ko‘proq bugun ko‘rib turganlarimiz aks etib, o‘zgarishlardan oldingi manzara xotiramizdan tez o‘chayotgandek. Bu tassavvur aynan “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari asosida amalga oshirilayotgan ishlarga ham  daxldor. Go‘yo hammasi avvaldan shunday bo‘lgandek.  

Ammo ilgari shu yerda yashab, keyin taqdir taqozosi bilan boshqa yurtlarga ketgan kishilar bu o‘zgarishlarni yanada aniq va teran his etadi. Mirzacho‘lda tug‘ilib, bolaligi shu yerda o‘tgan, aniqrog‘i, shu yerdagi  1-umumta’lim maktabini bundan 44 yil avval bitirib, dunyoning turli tomoniga tarqalib ketgan bir guruh sinfdoshlarning Gagarindagi uchrashuvda aytilgan gaplar shu fikrni tasdiqladi. 

Mehmonlar Gagarin shahrining zamonaviy qiyofasini ko‘rib, hayratlarini yashirolmadi. Ular bolalik tasavvurlaridagi Gagarin shaharchasi o‘rnida bugun tom ma’noda zamonaviy shahar paydo bo‘lganligini aytishdi.

– Bu yerdagi qarindoshlarim, sinfdoshlarim orqali tug‘ilib o‘sgan shahrimdagi yangiliklardan xabardor bo‘lib turaman, – deydi Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida yashovchi  tadbirkor Bayanjan Jumaxanova. – Ammo bunchalik katta o‘zgarishlarni ko‘raman, deb xayolimga keltirmagan edim. Bolalikda har kuni yurgan mana shu markaziy ko‘chani ham tanimay qoldim. Nazarimda u juda kengayib ketgandek. 

Ko‘p qavatli zamonaviy imoratlar qurilib, ikki yonidagi eski devorlar, panjaralar, pastqam inshootlar o‘rnida yashil maydonlar, gulzorlar barpo etilibdi. Bu o‘zgarish birgina markaziy ko‘chada emas, butun shaharda ro‘y bergani meni rostakamiga hayratga soldi. Bir vaqtlar men bilgan, ko‘rgan shahar o‘rnida bugun zamonaviy, ko‘rkam va chiroyli shahar qad rostlabdi. 

Bundan to‘rt  yil avval Gagarin shahri haqida aytilgan bu gaplarni tumandagi  “Mustaqillik”, O‘zbekiston, Mirzadala, Do‘stlik, Yerjar, Bog‘bon  mahallalari haqida ham bildirish mumkin. 

Bu obodlik Jizzax viloyatining barcha hududlarida  yangilangan  qishloqlarning, mahallalarning manzarasiga aylanib bormoqda. 

Dastur doirasida qurilish, yangilash, obodonlashtirish faqat tuman markazlariga yaqin qishloqlarda emas, viloyatning eng chekka, ilgari hech kimning e’tiborida bo‘lmagan hududlarida ham olib borilayotir. Jumladan, 90-yillarning boshida sobiq ittifoq vazirliklari tassarufidagi konlarda ishlovchilar yashaydigan Qo‘ytosh, Marjonbuloq, Xonbandi shaharchalari keyingi yillarda ancha xarob holga kelgan edi. Dastur asosida bu shaharchalarda juda katta hajmda ish bajarilib, ular qaytadan obod qilindi. 

Hozir “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida qilingan ishlar  haqidagi bu gaplar yangilik emas albatta. Ammo besh yil avval boshlagan ishga bu yil yana davlatimiz rahbari tomonidan  qayta e’tibor qaratilgani obodlik, odamlarni hayotdan rozi qilish uchun ularning turmush sharoitlarini yaxshilash Yangi O‘zbektonni barpo etishdagi eng muhim vazifa ekanligning  yana bir isbotidir.

“Obod qishloq” dasturi viloyatning har bir tumanida ikkitadan  qishloqda amalga oshirilayotir. Ahamiyatli jihati endi obodlik, yangilanish faqat davlat dasturiga tushgan qishloqlarda emas, deyarli ko‘pchilik aholi manzillariga xos belgi bo‘lib qoldi. Hozir viloyatning qaysi hududiga yo‘lingiz tushmasin qurilishlarga, obodonlashtirishga guvoh bo‘lasiz. Bu yanglanayotgan O‘zbekistonning yangi manzarasi. Bu manzara hali ko‘plab  tarixiy, ilmiy, badiiy asarlarga, filmlarga  mavzu bo‘lishi shubhasiz. 

Bu ishlarning barchasi hududlarning qiyofasini tudan o‘zgartirayotir.  Faqat hudud qiyofasini emas, odamlarning kayfiyatini o‘zgartirmoqda, ularning qalbida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar istiqboliga, kelajakka ishonch kuchaymoqda.  

Davlatimiz rahbari tez-tez ta’kidlab kelayotganidek, qishloqlar obod bo‘lsa, u yerdagi odamlarning kayfiyati o‘zgaradi, ularda o‘z hayotini yanada yaxshilashga intilish paydo bo‘ladi, buning natijasida Vatanimiz obod bo‘ladi va mamlakatimizning iqtisodi yanada yuksaladi.

24.07.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar