2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Erkinjon Turdimov: “Mahalla raisi ishlasa, fuqaro yuqori tashkilotlarga murojaat qilmaydi”

Oliy Majlis Senati Kengashining qarori bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq, ayni kunlarda o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislarining yangicha tizim bo‘yicha ishlashini tashkillashtirish yuzasidan o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda.

Samarqandda mazkur o‘quv-seminarning to‘rtinchi bosqichi boshlandi. Toyloq, Samarqand, Nurobod va Past Darg‘om tumanlaridagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirokida o‘tkazilayotgan bu galgi seminar oldidan viloyat hokimi E.Turdimovning raislar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.  

Viloyat hokimi faoliyati takomillashtirilgan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy tizimlari kabi mahalla fuqarolar yig‘inlari ham endilikda yangicha asosda ishlashi, hududdagi barcha masalalar quyi bo‘g‘inda ko‘rib chiqilib, hal etilishi, tashabbus va g‘oyalar ham mahalladan chiqishi zarurligini ta’kidladi.  

– Bu yil mahallalarda hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi lavozimlari joriy etildi, profilaktika inspektorining faoliyat yo‘nalishlari aniq belgilab berildi, – dedi E.Turdimov. – Mahalla raislari ham yangidan saylandi va ularning huquq, vakolatlari kengaydi. Shu bilan birga majburiyat va mas’uliyat o‘zgardi. Endi mahallada rais boshchiligida ish yangicha asosda yo‘lga qo‘yilishi, fuqarolar yig‘ini mahalla aholisining barcha masalalarini shu yerda ko‘rib chiqib, hal etish choralarini ko‘rishi kerak. O‘z mahallasidagi fuqarolar dardi va muammolarini bilmaydigan, ularni eshitmaydigan rais ularga yetakchilik qilolmaydi. Bugun mahalla raisi o‘zini jangchidek tutishi lozim.

Jangchining asosiy maqsadi g‘alaba bo‘lgani kabi oqsoqol ham hudud aholisi manfaatini ko‘zlab doim g‘alaba tomon intilishi zarur. Bunday mahallada muammo bo‘lmaydi, odamlar davlatdan, islohotlardan rozi bo‘ladi. Mahalla raisi ishlasa fuqaro hech qachon yuqori tashkilotlarga murojaat qilmaydi.  

Uchrashuvda viloyat hokimi o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan ayrim mahalla raislari faoliyatini tanqidiy tahlil qildi. Shuningdek, uchrashuvda “mahallabay” ishlash tizimi, mahalla raislarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish, aholi bilan ishlash borasidagi bilim, malaka va tajribalarini oshirish yuzasidan mulohazalar bildirildi. 

27.07.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar