Barcha hududlarda bo‘lgani kabi Xorazmda ham ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yakka yolg‘iz, nogiron, daromadi yo‘q ishsiz, "Temir daftar"ga kirgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam ko‘rsatish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Birgina joriy yil olti oyi mobaynida ana shu toifadagi 21 ming 198 nafar fuqaroga "Mahalla" xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat boshqaruvi, uning tuman va shahar bo‘linmalari huzurida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan 7 milliard 159 million so‘mlik yordamlar ko‘rsatildi.
– "Mahalla" fond va uning viloyatdagi quyi tuzilmalari tarkibidagi jamg‘armaga Prezidentimizning 2020 yil 24 noyabrdagi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonining tegishli bandiga asosan insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish maqsadida 4 milliard 690 million so‘m, mahalliy byudjet daromad rejasidan orttirilgan 281 million so‘m, "Temir daftar" ro‘yxatida turgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 3 milliard 337 million so‘m pul mablag‘i kelib tushgandi, – deydi "Mahalla" xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo‘limi boshqaruv raisi Oltiboy Radjabov. – Ushbu pul mablag‘lari xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari qarorlari, ular bergan ro‘yxatlar asosida o‘z egalariga yetkazildi.
Bir so‘z bilan aytganda, Xorazmda "Mahalla" fond, uning quyi tuzilmalari qoshida pandemiya davrida Prezidentimiz tashabbusi bilan ochilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |