Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi «Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori asosida 4 ta sektorga bo‘lingan holda hududlarni rivojlantirish ishlarni olib borilmoqda.
Albatta, bu mexanizm o‘zining samarasini bermoqda, uyma-uy yurib o‘rganishlar natijasida aholini qiynayotgan bir qator muammolarga echim topilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari rahbarligidagi 58 nafar mutaxassisdan iborat ishchi guruh tomonidan Toshkent shahridagi tuman prokurorlari mas’ulligidagi sektorlarda yuqorida keltirilgan qaror ijrosi o‘rganilganda, bu borada bir qator ijobiy ishlar bajarilgani ma’lum bo‘ldi.
O‘tgan davrda kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatilib, 32 tasining xonadonlari ta’mirlangan, 19 tasi uy-joy bilan ta’minlangan. Nogironlarga 163 ta nogironlik aravachasi, 56 ta protez va boshqa tibbiy moslamalar tarqatilgan. Shuningdek, 34 nafar bemor ahvolidan xabar olinib, ularga 85 mln. so‘mlik dori vositalari berilgan. 15 nafar shaxsga imtiyozli kredit ajratilishida ko‘mak berilgan.
Endi bu ishlarni tumanlar miqyosida ko‘radigan bo‘lsak, Yunusobod tumanida 87-sonli maxsus maktabda kapital ta’mirlash ishlari uchun homiylar tomonidan 1,5 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘lar ajratilib, maktabning oynalari, ichki va tashqi fasadi, ichki hudud yo‘llari, stadion va yordamchi binolarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilgan.
Mirobod tuman prokurori sektoridagi uy-joyga muhtoj oilalarning 2 tasi uy-joy bilan ta’minlanib, 1 nafar nogiron fuqaroning xonadoni ta’mirlab berildi. Shuningdek, tumanda joylashgan imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 57-sonli maktabning devori hamda jismoniy tarbiya xonasi ta’mirlandi.
E’tiborni Yakkasaroy tuman prokurori sektori hududiga qaratadigan bo‘lsak, bu erda 45 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga gaz plitalari etkazib berilgan, 1 nafar fuqaroning xonadoni to‘liq qayta qurilgan, 1 ta muhtoj oila uy-joy bilan, 2 nafar nogiron, ehtiyojmand oilaga esa Sergeli tumanida qurilayotgan imtiyozli uylardan boshlang‘ich badal to‘lab berish sharti bilan uy-joy ajratilishi ta’minlangan.
Sergeli tuman prokurori sektoridagi «Daryo bo‘yi» mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj D.Nasreddinovaning uyida homiylar tomonidan 50 mln. so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa, Bektemir tuman prokurori sektoridagi «Chashma» mahallasida obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilib, uylar tashqi ko‘rinishi tartibga keltirilgan, 17 ta kam ta’minlangan oila uylarining tomi va fasad qismi joriy ta’mirlangan, 2 ta uy qurilishiga ko‘maklashilib, mahallaga 1 km.ga yaqin oqava suv tizimi o‘tkazilgan.
Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tuman prokurori sektorida 54 nafar nogironga nogironlik aravachalari va 12 nafar yakka-yolg‘iz qariyalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilgan, 80 ta kam ta’minlangan oilaga 12 mln. so‘mlik moddiy yordam puli berilgan. Bundan tashqari, 101-sonli kar bolalar maktab-internatining ovqatlanish binosini kapital ta’mirlash uchun homiylar tomonidan 300 mln. so‘mga yaqin mablag‘lar ajratilib, oshxonasi ta’mirdan chiqarildi.
Tuman prokurorlari sektorida «Obod mahalla» dasturi doirasida 2018 yilda jami 11 mahallaning obodonlashtirilishi belgilangan. Buning uchun jami 113,206 mln. so‘m mablag‘ sarflanishi mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda 25,653 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan. Tijorat banklari tomonidan 8,584 mln. so‘m kreditlar berilgan. «Obod mahalla» dasturi doirasida mahallalardagi 234 ta ko‘p qavatli uylardan 129 tasining tom qismi, 180 ta kirish yo‘lagi, 4 ta lift va 46 ta elektr taqsimlovchi shit ta’mirlandi. Shuningdek, 70 ta uyning erto‘la qismidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari yangilandi. 99 ta uyning fasad qismi, 10 ta bolalar maydonchasi va 2 ta bolalar bog‘chasi ta’mirlandi. 93 ta videokuzatuv moslamalari o‘rnatildi.
Shu bilan birga, Bosh prokuratura tomonidan sektorlarda aniqlangan holatlardan kelib chiqqan holda Toshkent shahrida 1991 yilga qadar qurilgan ko‘p qavatli uylarning texnik holati tanlov yo‘li bilan vizual ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada 1991 yildan oldin qurilgan 60 ta ko‘p qavatli uylarda (ulardagi 2981 ta xonadonda 6375 nafar fuqaro yashaydi) avariya holati alomatlari aniqlandi. O‘rganish natijalari bo‘yicha 49 ta uylarda tegishli ta’mirlash va mustahkamlash ishlarini amalga oshirish orqali foydalanish mumkin, qolgan 11 tasining texnik holatini maxsus asbob-uskunalar yordamida (instrumental) batafsil o‘rganish orqali buzish yoki kelgusida foydalanish mumkinligi haqida xulosa qilish lozim deb topildi.
Ishchi guruh o‘rganishlari jarayonida xususiy uy-joylar mulkdorlari shirkatlariga amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, Yashnobod tumani «Istiqlol» mahallasida joylashgan «Aleks kommunal servis» XUJMSh tomonidan 18, 27-uylarning tomini ta’mirlash uchun TIF «Milliy bank» Yashnobod filiali tomonidan 70 mln. so‘m kredit, «Yashnobod» mahallasida joylashgan «Azimjon kommunal» XUJMShga mazkur bank muassasasi tomonidan 145 mln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishi ta’minlandi.
Yunusobod tumanida yashovchi, nogiron farzandini yakka yolg‘iz tarbiyalayotgan N.Kozieva moddiy yordamga muhtojligi, 11 mln. so‘mdan ortiq kommunal qarzdorligi mavjudligi aniqlandi. Unga homiylarni jalb etgan holda 400 ming so‘m moddiy yordam va 2 mln. 200 ming so‘mlik tikuv mashinasi olib berildi. Hozirda N.Kozieva uyida farzandiga g‘amxo‘rlik qilib, tikuvchilik bilan shug‘ullanmoqda.
Raqamlardan ham ko‘rinib turibdiki, qilingan va qilinayotgan ishlarning salmog‘i tosh bosadi. Biroq, asosiy maqsad raqamlar ortidan quvish emas, balki xalqimizning farovonligini ta’minlash, odamlarimizni rozi qilishdir.
Ulug‘bek Abdurahmonov,
Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |