2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Orolbo‘yida ommaviy qabullar bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari U.Muhammadiyev boshchiligida Nukus shahridagi “Istiqlol” bolalar dam olish markazida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha navbatdagi ommaviy qabullar bo‘lib o‘tdi.

Qabulga nafaqat Nukus shahridan, balki Orolbo‘yi tumanlaridan fuqarolar kundalik hayotida uchrayotgan muammolarga yechim topish maqsadida tashrif buyurdi. Erta tongdan katta umidlar bilan kelgan aholi mutaxassislarga murojaat qilib, tegishli javoblar oldi. Ulardan aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. Vaqt talab etadigan masalalarning ijrosi nazoratga olindi.

Hududda ekologiya asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhit qo‘mitasi mutaxassislariga 12 ta murojaat kelib tushdi. Ularning aksariyati ijobiy hal etildi.

Salamat Yesimbetov ommaviy qabulga Kegeyli tumanidan tashrif buyurgan. U tadbirkor. Qizilmiya ildizini eksport qilishga amaliy yordam so‘rab kelgan. Unga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan yordam beriladigan bo‘ldi.

Yoshlardan yana biri Asadbek Satbayev Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutini tamomlagan. Qabulga ish so‘rab murojaat qildi. Uning murojaati ijobiy hal qilinib, Nukus shahridagi 28-sonli umumta’lim maktabiga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashadigan bo‘ldi.

– Ommaviy qabullarning o‘tkazilishi aholiga qulay, – deydi Nukus shahridan tashrif buyurgan Islam Dao‘letnazarov. – Anchadan buyon bo‘sh turgan bekatlarning birida aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasini tashkil etishni maqsad qilib yurgan edim. Qabulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi avtomobil yo‘llaridan foydalanish bosh boshqarmasi mutaxassislariga murojaat qildim. Mening murojaatim o‘rganib chiqilib, yaqin kunlarda javob beriladigan bo‘ldi.

Ommaviy qabulda aholidan ishga joylashish, sog‘ligini tiklash, kommunal xizmatlarning sifati, shuningdek, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim, Adliya, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirliklari tizimiga aholidan ko‘plab murojaat kelib tushdi.

Shu kuni Nukus shahar Adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Ommaviy qabul Chimboy tumanida ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariyev ishtirok etdi.

06.08.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar