O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi.
Unga ko‘ra, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman va shaharlarda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilishi belgilab qo‘yilgan.
"Mahallabay" ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam (BHMning 4 baravarigacha – 1,2 mln. so‘mgacha) beriladi hamda yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi (bir oygacha BHMning 4, bir oydan ikki oygacha BHMning 8, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun BHMning 12 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi) qoplab beriladi.
Shuningdek, tadbirkor yoki o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlarga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln. so‘mgacha) bo‘lgan qismi to‘lab beriladi.
Respublikadagi professional ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan hamda O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi qoplanadi.
Yoshlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkilotining 3 oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln. so‘mgacha) miqdorda pul to‘lab beriladi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lar keyingi yilga o‘tadi va tuman (shahar) mahalliy byudjetiga olib qo‘yilmaydi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |