2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat hokimi mahallada muloqot o‘tkazdi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Shahrixon tumanidagi “Yuzlar” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla aholisi bilan muloqot o‘tkazdi.

Joylarda olib borilayotgan ishlarning amaliy natijalari bilan tanishish, odamlarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yillik to‘yi oldidan bunyodkorlik, aholining turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkazgan muloqotda viloyat hokimi mahalla ahlining murojaat, muammo va takliflarini eshitdi.  

Muloqotda aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, xalqimizning hayotdan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani, ayniqsa, chekka va og‘ir hududlardagi muammolarni bartaraf etish, odamlarni qiynayotgan masalalarni hal etishlariga alohida e’tibor qaratilayotgani, bu borada Andijon viloyatida e’tiborga molik ishlar qilinayotgani ta’kidlandi.

Tumanning eng chekka hududlaridan biri hisoblangan “Yuzlar” mahallasida ayni kunda 847 xonadonda 4 ming 805 nafar aholi istiqomat qiladi. Viloyat hokimi boshchiligida sektor, viloyat boshqarma va  tashkilotlari rahbarlari ishtirokidagi muloqotda ichimlik suvi tizimini yangilash, yo‘llarni ta’mirlash, gaz va elektr ta’minotini yaxshilash, umuman,  mahalla aholisini qiynab kelayotgan boshqa qator masalalar yuzasidan yordam ko‘rsatilishini so‘radi.

Shu kunning o‘zidayoq amaliy ishlar boshlab yuborildi. Jumladan, 7 kilometr masofaga ichimlik suvi quvurlari tortilmoqda, yo‘llar ta’mirlanmoqda, elektr ta’minotidagi nosozliklar bartaraf etilmoqda, yangi bog‘cha qurilishi boshlandi. Tevark-atrof tartibga keltirilib, ko‘cha va guzarlar obodanlashtirilmoqda.

– Amalga oshirilayotgan ishlardan kattayu kichik behad mamnun, – deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Farhodbek Abdujabborov. – Yillar davomida odamlarni qiynab kelayotgan muammolar qisqa fursatlarda hal etilmoqda. Fuqarolarimizning kayfiyati, ruhiyati ko‘tarilmoqda, ertangi kunga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanmoqda. Eng asosiysi, bu ishlar mahallamiz ahli uchun mustaqillik bayramiga munosib tuhfa bo‘ldi.

Viloyat hokimi mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni sifatli va qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Aholining salomatligini yaxshilash maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Zamonaviy diagnostika asbob-anjomlari yordamida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikka tuman, viloyat tibbiy muassasalarining malakali shifokor va mutaxassislari jalb etildi. Tibbiy ko‘rik davomida 1 ming 400 nafardan ortiq fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Fuqarolarga salomatlik, sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga amal qilish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar, shuningdek, turli kasalliklar aniqlangan 18 nafar fuqaroga davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

Tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan mahallada madaniy dastur namoyish etildi. Dastur davomida ijro etilgan kuy-qo‘shiq va raqslar ishtirokchilarga manzur bo‘ldi, bayramona kayfiyat ulashdi. Madaniy tadbir kech oqshomga qadar davom etdi.

Bu mahallasida, qolaversa, Shahrixon tumanining qator mahallalarida aholining muammolarini bartaraf etish, turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

15.08.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar