Anhor bo‘yida bunyod etilayotgan bu bog‘dagi barcha inshootlar ma’naviyatimiz, milliy qadriyatlarimizni ifoda etadi. Bog‘da “Navro‘z” bayrami tantanalari, madaniy tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan amfiteatr, qadimiy hovlilar, ustaxonalar, ayvonlar, choyxonalar va milliy an’analarimiz aks etgan etnografik shaharcha quriladi.
Navro‘zda madaniyatimiz va qadriyatlarimizning barcha jihatlari namoyon bo‘ladi. Bu bog‘ ana shu boy milliy merosimizni tarannum etadigan joy bo‘lishi kerak, dedi Prezidentimiz. Bu yerga sayyohlar ham ishtiyoq bilan kelishi, o‘zini xuddi o‘zbek mahallasida yurgandek his qilishi zarur. Har bir bino, o‘tkaziladigan har bir tadbir o‘sib kelayotgan yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘zligini anglashga hissa qo‘shishi lozim.
Davlatimiz rahbari loyihalarni yanada takomillashtirish, Navro‘z bayramini xalq sayli tarzida o‘tkazish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |