Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Angor tumanida aholi muammolarini o‘rganish uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.
Tumanning Sharq guli mahallasida tashkil etilgan ochiq muloqotda Angor, Sherobod, Muzrabot, Qumqo‘rg‘on, Boysun tumanlari va Termiz shahridan kelgan 217 fuqaroning 264 muammosi tinglandi.
–Farzandim uch yoshga to‘ldi, – deydi Angor tumanidagi Kattaqum mahallasida yashovchi R.Qurbonova.– Quloqlari eshitmaydi, nutqi yo‘q, gapirolmaydi. Shu masalada viloyat hokimiga murojaat etib, davolatish uchun mablag‘ so‘radim. Dardimni e’tibor bilan tinglagan hokim mutasaddilarga mablag‘ masalasida yordam berishni tayinladi. Shifokorlarga qizimning sog‘ligini doimiy nazorat qilib turish bo‘yicha tegishli topshiriqlarni berdi. Bundan juda mamnun bo‘ldim.
Angor tumanidagi Xo‘janqon mahallasida yashovchi birinchi guruh nogironi Xursanoy Boboqulova uy-joyini ta’mirlash uchun kredit mablag‘i ajratilishida yordam so‘radi. Viloyat hokimi murojaatchining moliyaviy ahvoli va oilaviy sharoiti to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega bo‘lgach, X.Boboqulovaning uy-joyi kredit mablag‘i hisobidan emas, homiylik yordamida ta’mirlab beriladigan bo‘ldi.
Sayyor qabulda shuningdek, Sherobod, Muzrabot, Qumqo‘rg‘on, Boysun tumanlari va Termiz shahridan kelib, ichimlik va oqova suvi, ichki yo‘llar ta’miri, elektr va gaz ta’minoti, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot kabi masalalarda murojaat etgan fuqarolarning muammolari ham shu yerning o‘zida o‘rganilib, hal etish yo‘llari izlandi.
Besh soat davom etgan ochiq muloqotda o‘rtaga tashlangan 43 ta masala joyida hal etildi. Yer ajratish bilan bog‘liq 4 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi. Yechimi ma’lum vaqt talab etadigan 217 ta muammoni hal etish uchun tegishli muddat belgilanib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |