2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prokuror aholi murojaatlarini o‘rgandi

Buxoro viloyati prokurori Mahmud Istamov Jondor tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda fuqarolar tomonidan moddiy yordam ajratish, ishga joylashtirish, imtiyozli kredit ajratish, uy-joy, subsidiya asosida bepul tikuv mashinalari berish, oliy o‘quv yurtida shartnoma to‘lovlarini to‘lashda amaliy yordam so‘raldi. Murojaatlarning 15 tasi joyida ijobiy hal qilindi.

“Qalmoq” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Qalmoq” qishlog‘ida yashovchi fuqarolar U.To‘rayeva hamda Sh.Rajabovaning subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratib berishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatlari, shuningdek, “Qozikenti” qishlog‘ida yashovchi fuqarolar S.Qurbonova va K.Rajabovaning bandligini ta’minlash maqsadida tikuv mashinalari ajratib berishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatlari joyida o‘rganildi. Ularga bepul tikuv mashinalari berildi.

– Murojaatim ijobiy hal etildi, – deydi “Qalmoq” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Qalmoq” qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sh.Rajabova. – Menga bepul tikuv mashinasi berildi. Endi men ham hunarimni ishga solib, tikish-bichish bilan shug‘ullanaman. Oilamning daromadiga o‘z hissamni qo‘shaman.

Tumandagi “Boliob” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Qirg‘ichi” qishlog‘ida yashovchi “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi F.Ergasheva murojaati yuzasidan unga subsidiya asosida zamonaviy kompyuter jamlanmasi olib berilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, shu kabi “Demun” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Qalluq” qishlog‘ida yashovchi 1-guruh nogironi S.Saidovga nogironlik aravachasi berildi.

Sayyor qabulda muddat talab qiladigan murojaatlarni tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga nazorat tartibida hal qilinishi uchun ko‘rsatmalar berildi.

25.08.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar