Ayni kunlarda butun yurtimiz bo‘ylab eng ulug‘ va eng aziz bayram – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi katta tantana qilinmoqda. Shu munosabat bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan “Mustaqillik — ulug‘ ne’mat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda mustaqillik — eng buyuk ne’mat, erkin va baxtli yashash huquqi, inson huquq va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlarini ta’minlashning bosh omili ekanligiga alohida urg‘u berildi.
— Bugun biz erishgan yuksak marralar, ozod va obod Vatanimiz manzaralari, avvalo, istiqlol sharofatidandir, — dedi Qonunchilik palatasi deputati Umida Rahmonova. — O‘tgan 31 yil davomida mamlakatimiz hayotining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarida ulkan ishlar amalga oshirildi. Xususan, yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor vazifasiga aylandi. Ularni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalashga o‘ziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda. Eng muhimi, mamlakatimizda ularga berilayotgan e’tibor, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik miqyosi yildan-yilga kengayib boryapti. So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar siyosatiga qaratilayotgan e’tibor, jumladan, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh tashabbus” kabi ijtimoiy rivojlanish dasturlari yigit-qizlarni yangicha fikrlash va ishlashga undamoqda. Yuz minglab, millionlab yoshlarni tashabbuskorlikka chorlamoqda. Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi tashkil etilgani, har bir mahallada yoshlar bilan ularning muammolari bilan ishlaydigan yoshlar masalalari bo‘yicha yetakchilar faoliyati yo‘lga qo‘yilgani yoshlarga qaratilayotgan e’tibor namunasidir.
Davra suhbatida qayd etilganidek, mamlakatimiz aholisining qariyb 64 foizini yoshlar tashkil etishi davlatimiz zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Zero, yoshlar davlatning qudratini belgilaydigan muhim omillardan biridir. Shunday ekan, kelajagimiz egalarini har tomonlama, mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor, shijoatli qilib tarbiyalash dolzarb masalalardandir. Bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Tadbirda so‘z olganlar yoshlar bilan ishlashda o‘zlikni, milliy g‘urur tushunchalariga ahamiyat berish va ajdodlarga munosib farzand bo‘lib, mustaqillikning qadriga yetish, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun hissa qo‘shishga motivatsiya berish lozimligini qayd etishdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |