Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” gi farmoniga muvofiq, 100 yoshdan oshgan bir guruh o‘zbekistonlik otaxon-u onaxonlar “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Ular orasida Urgut tumani G‘oyib ota qishlog‘ida yashovchi 122 yoshli Ulug‘ momo Olimova ham bor. Onaxonni qutlash uchun viloyat hokimining o‘rinbosari Bahodir Qodirov va Urgut tumani hokimi Botir Jabborov onaxon yashayotgan xonadonga bordi. B.Qodirov Prezident nomidan momoni tabriklab, uning ko‘ksiga “Shuhrat” medalini taqdi, bayram sovg‘alarini topshirdi. Shuningdek, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘a tuhfa qilindi. Onaxon bu e’tibordan ko‘ngli yayrab, duoga qo‘l ochar ekan, eng avvalo, yurtga tinchlik, elga xotirjamlik tiladi.
– Hamisha meni yo‘qlab turadigan davlatimdan aylanay. Biz keksalarga alohida e’tibor qaratgan Prezidentga rahmat. Viloyat, tuman rahbarlarining yo‘qlovlaridan, mukofotu sovg‘alardan boshim ko‘kka yetdi, – dedi Ulug‘ momo.
Biz bir muddat onaxonni suhbatga tortdik. Aytishicha, momo o‘ziga qadrli bo‘lgan sandiqda hujjatlarini saqlar ekan. Ulug‘ ayaning sarg‘aygan “Mehnat daftarchasi”ni ko‘rib, olis tarix hayotiga tushib qolganday sezdik o‘zimizni. Unda Ulug‘ Olimova 1917 yilda Urgut tumani “Samarqand” jamoa xo‘jaligida ishchi sifatida mehnat faoliyatini boshlagani qayd etilgan. Onaxon salkam yarim asr davomida hududdagi xo‘jaliklarni tashkil etish jarayonida faol qatnashgan, qishloqni obodonlashtirish, yangi yerlarni o‘zlashtirishda jonbozlik ko‘rsatgan.
Onaxon turmush o‘rtog‘i Xudoyberdi bobo Qobilov bilan 6 farzandni voyaga yetkazgan, hozirda oz emas-ko‘p emas 150 nafar nevara, chevara va evaraga bosh. Muhimi, Ulug‘ momo ularning har birining ismini to‘liq ayta oladi. Onaxonning fayzli xonadonidan qaytar ekanmiz, Ulug‘ momo yana duoga qo‘l ochdi:
– Hayotimda ikkita mash’um jahon urushini ko‘rdim. Urush – ertak emas, urush – kino emas, urush tufayli qancha yaqinlarimdan ayrildim. Urush insoniyatning qon silqigan, jarohati ming yillar azob beradigan yarasi. Ilohim, u kunlar qaytmasin. Tinchlik va osoyishtaligimizga ko‘z tegmasin, uning qadriga yeting, yurt ravnaqi uchun mehnat qilishdan tolmang.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |