2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yangi uylarga yangi orzular bilan

Yangi uylarga yangi orzular bilan Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 5 qavatli 8 ta uy foydalanishga topshirildi. 360 oila yangi xonadonga ega bo‘ldi.

Yangi uylar kalitini egalariga topshirish marosimida aholi uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish va namunaviy loyihalar asosida yangi uy-joylar barpo etishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. 

Viloyat markazidagi 5-mavzeda har birining loyiha qiymati 6 milliard 918 million so‘m bo‘lgan 5 qavatli 8 ta uyning har biri 1, 2 va 3 xonali 45 ta xonadondan iborat bo‘lib, jami 360 oilaga mo‘ljallangan. 

Nogironi bo‘lgan 7 oilaga ham yangi xonadonlar kaliti tantanali ravishda taqdim etildi. 

– Katta qizim bolaligidan nogiron, unga doimiy e’tibor zarurligi uchun doimo uydaman, – deydi Feruza Abdullaeva. – Turmush o‘rtog‘im, 3 nafar farzandim bilan bir xonali barakda ijarada turar edik. Xudoga ming shukr, Prezidentimiz qaroriga asosan namunaviy loyihalar asosida qurilgan ko‘p qavatli arzon uylardan 2 xonali xonadon oilamizga berildi. Yashash uchun barcha qulaylik yaratilgan, xonalar shinam, keng va yorug‘. Tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi bor. 

Nogironi bo‘lgan oilalarga yangi uylar kaliti bilan birga hokimlik va homiy tashkilotlar tomonidan qimmatbaho uy jihozlari ham sovg‘a qilindi. Ushbu uylarning boshlang‘ich badali O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan jamoat fondi tomonidan to‘lab berilgani esa hammasidan quvonchli bo‘ldi. 

Milliy urf-odatlarimizga ko‘ra, Guliston shahar hokimligi tomonidan uy to‘yiga atab dasturxon yozildi, osh tortildi. San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaning kayfiyatini yanada ko‘tardi. 


4.JPG

 

8.JPG

 

12.JPG

 

14.JPG

A.Qayumov, F.Toshmatov (surat), O‘zA

06.11.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar