2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xayrullo Bozorov “Mustaqillik darsi”ni o‘tdi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Yozyovon tumanidagi 12-umumta’lim maktabida bo‘lib “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdi. 11-sinf o‘quvchilariga "Mustaqillik darsi" o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat rahbari o‘quvchilarni Bilimlar kuni bilan qutlab, yuksak marralar sari dadil parvoz etib, ilm-ma’rifat cho‘qqilarini zabt etishlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladi. 2022-2023 o‘quv yilida maktabning 11-sinfini tamomlagan 31 nafar bitiruvchilardan 25 nafari oliy o‘quv yurtlari talabasi bo‘lgani katta yutuq ekanligi qayd etilib, bunda maktabda faoliyat olib borayotgan pedagoglar xizmati muhim ahamiyat kasb etgani alohida e’tirof etildi.

Ta’limni rivojlantirish masalasi Prezidentimiz boshchiliklarida olib borilayotgan islohotlarning, bugungi kun siyosatining bosh masalasiga aylandi. Tadbirda davlatimiz rahbari mustaqilligimizning o‘ttiz bir yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida ustuvor qilib ajratib bergan 5 ta muhim yo‘nalishning birinchisi ta’lim etib belgilangani, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasidan ham ta’limni, inson kapitalini rivojlantirish asosiy vazifalardan biri sifatida o‘rin olganiga e’tibor qaratilib, Farg‘onada ham barcha bosqichdagi ta’limni rivojlantirish bo‘yicha umumviloyat harakatiga start berilgani ma’lum qilindi.

Viloyatda joriy o‘quv yilida ta’lim muassasalariga jami 952 ta maktabga 74 ming nafardan ziyod, 53 ta nodavlat ta’lim muassasalariga esa 2 ming 300 nafardan ortiq o‘quvchilar qabul qilingan bo‘lib, ular qatori 12-umumta’lim maktabining jajji birinchi sinf o‘quvchilariga ham portfel va 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘alari” tantanali topshirildi.

Barchaning qalbiga bir olam his-hayajon solib, birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarang sochdi. O‘quvchilar mustaqilligimizning o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostidagi Mustaqillik darsi bilan yangi o‘quv yilini boshladi. Maktabning 11-sinf o‘quvchilariga “Mustaqillik darsi” o‘tgan viloyat hokimi o‘z maktab davrini eslab, ta’lim olish uchun hozirda mavjud sharoitlar u paytda bo‘lmaganini, shu sababdan chet tillardan birini puxta o‘rganish orzusi maktabda amalga oshmaganini aytib o‘tdi.

bugungi berilayotgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanish lozimligini ta’kidlagan viloyat rahbari, muvaffaqiyatga erishishning siri tanlangan kasbda, sohada eng yaxshisi bo‘lishga intilish ekanini qayd etdi.

05.09.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar