2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonalari orqali 53 mingdan ortiq aholining muammolari hal bo‘ldi

Bugungi kunda Prezidentimizning Xalq qabulxonalari orqali aholidan uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish, yo‘l qurilishi, tadbirkorlik kabi sohalar bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarni hal qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalariga joriy yilning 8 oyida poytaxtimiz aholisidan qariyb 109 ming 270 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 53 ming 800 dan ortig‘i hal qilingan. Shundan 42 ming 440 dan ziyod masalaga huquqiy ma’lumot va tushuntirish berish orqali yechim topilgan bo‘lsa, 726 ta murojaat uzoq muddatli nazoratga olingan, qolganlari ayni kunlarda o‘rganish jarayonida.

Murojaatlarning biriga ko‘ra, Olmazor tumani “Chilto‘g‘on” mahallasida yashovchi Nigina Ahmedova Usta olim ko‘chasida avtomobillar serqatnovligi oqibatida aholiga noqulaylik tug‘ilayotgani, yo‘l-transport hodisalari yuz berayotganini aytib, hududda rejalashtirilgan yo‘l usti piyodalar ko‘prigi qurilishini tezroq boshlab, bitirib berishda amaliy yordam so‘ragan. Shu mazmundagi murojaatlar tegishli tashkilotlar hamkorligida ishchi guruh tuzilgan holda o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida tegishli dasturlarga taklif kiritilib, 2022 yil iyuldan mazkur yo‘l usti ko‘prigini bunyod etish ishlari boshlandi. Ayni paytda qurilish ishlari olib borilmoqda.

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi qadimiy manzillardan biri “Ko‘kcha” mahallasi 7-Qo‘rg‘oncha ko‘chasida esa shu paytgacha oqova suv tarmog‘i yo‘q edi. Aholining ommaviy qabullardagi murojaatidan so‘ng bu boradagi ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi”ga asosan bugun mazkur ko‘chada 850 pogonometr oqova suv tarmog‘i tortilyapti, 2 ta oqova suv haydash nasosi o‘rnatiladi. Bu bilan 67 ta xonadonning 60 yillik masalasi nihoyat barham topyapti.

Sergeli tumanidagi “No‘g‘ayqo‘rg‘on” mahallasi Sa’diy ko‘chasi aholisidan kelib tushgan murojaatlarda esa elektr tarmoqlaridagi muammolarga yechim topish kun tartibiga qo‘yilgan edi. Aholi soni, ishlab chiqarish quvvatlari oshgan bo‘lsada, transformator almashtirilmagani tez-tez uzilishlarga sabab bo‘lar, bu esa, tabiiyki, odamlarning xunobini oshirardi. Bu boradagi murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilgach, chindan ham “No‘g‘ayqo‘rg‘on” va “Qubaytepa” mahallalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi transformator zo‘riqib ishlayotgani aniqlandi. Dastur asosida ayni paytda 400 kilovolt-amper o‘rniga quvvati 630 kilovolt-amperli yangi transformator o‘rnatilmoqda.

Shuningdek, Sergeli tumani “Qo‘yliq-6” massividagi 15-uy 1970-yillarda qurilgan. 200 ga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatadigan lift ham allaqachon muddatini o‘tab bo‘lgan, uning nosozligi bois yuqori qavatdagi nuroniylar havo olish uchun oyda bir ko‘chaga chiqishga ham majbur bo‘layotgan edi. Shu uyda yashovchi Xurshida Tovboyeva va boshqalarning murojaatlari asosida bu masala ham manzilli dasturga kiritilgach, mazkur uyda ham ancha vaqtdan beri kutilgan yangi lift o‘rnatish ishlari boshlandi.

Shayxontohur tumani “Qoratosh” mahallasidagi 104, Chilonzor tumani 16-mavzedagi 16-uylarda yashovchi aholini ham ayni shu masala anchadan beri bezovta qilayotgan edi. Murojaatlardan so‘ng bu uylardagi foydalanilayotganiga 30 yildan oshgan, belgilangan muddatidan ham 5 yildan ziyod vaqt xizmat qilgan eski liftlar ham ayni kunlarda yangilanmoqda.

Olmazor tumani Noroztepa ko‘chasidagi 1-uyda 1980 yillarda o‘rnatilgan liftlar ham birin-ketin yangisiga almashtirilgach, 81 xonadonning mushkuli oson bo‘ldi.

Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalarining ham mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari-yu xotin-qizlar faollari bilan uyg‘un faoliyat olib borayotgani, ularning boshini birlashtirayotgani mahallalardagi ko‘plab tizimli muammolarga yechim topish imkonini bermoqda. Deylik, O‘zbekiston badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekiston san’at arbobi, professor Sa’dulla Abdullayev ko‘p yillar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida mehnat qilgan.

Sa’dulla akaning qizi Fotima ham ota kasbini tanladi, tez orada san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoya qiladi. Yosh iste’dod egasi uchun esa amaliyot nihoyatda zarur edi. Fotima Abdullayeva ayni shu masaladagi murojaati sektor va mahalla mas’ullari bilan birga ko‘rib chiqilgach, unga “Kamolon” mahallasidagi 34-maktabning bo‘sh turgan yerto‘lasida dizaynerlik yo‘nalishida o‘quv kursi tashkil qilishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Yerto‘ladan joy ajratilib, xonalar ta’mirlandi, 33 million so‘mlik imtiyozli kredit evaziga zarur jihozlar olindi. Natijada bugun o‘nlab oilalar farzandlari bu yerda dizaynerlik sir-asrorini o‘rganmoqda.

Yog‘och o‘ymakorligi hadisini olgan yosh hunarmand Jamshid G‘ulomovning ham shu mazmundagi murojaatidan so‘ng unga ham “Kamolon” mahallasidagi 84-maktabning bo‘sh turgan yerto‘lasidan joy ajratildi. Bu yerda mo‘’jaz ustaxona va to‘garak tashkil qilgan yosh hunarmand o‘nlab yoshlarga yog‘och o‘ymakorligidan saboq bermoqda.

Asli tibbiyot xodimi bo‘lgan Ma’mura Muhrimovaga ham shu yerda jismoniy tarbiya kursini tashkil etishda ko‘maklashildi. Bugun Ma’mura opa jismoniy rivojlanishi nisbatan past bo‘lgan 20 dan ortiq bolalar bilan mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Har bir kishi og‘ir vaziyatga tushar ekan, birinchi navbatda, davlatdan yordam kutadi. Kutilgan ko‘mak qo‘li cho‘zilganda esa inson shu jamiyatda o‘z o‘rni, o‘z qadri borligini anglaydi. Ota-onasidan erta ajrab, buvisining qo‘lida ulg‘aygan olmazorlik Abdug‘affor Ibodov ham parrandachilikka qiziqdi, shu yo‘nalishdagi fabrikalarda ishlab, tajriba orttirdi.

So‘ng o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishni maqsad qildi. Tuman sektorlari rahbarlarining sayyor qabulida Abdug‘afforning ham dekorativ jo‘jalarni ko‘paytirishga oid biznes-loyihasi ma’qullandi. 20 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Bu pulga inkubator va tovuq qafaslari xarid qilgan yigitcha jo‘ja parvarishlashga kirishib ketdi, o‘z daromad manbaiga ega bo‘ldi, tadbirkor bo‘ldi.

Xalq qabulxonasiga qilingan murojaatlaridan so‘ng hayotida real o‘zgarishlar bo‘layotgan bu kabi ko‘plab fuqarolarni bir jihat – davlat qo‘lloviga tayanch, ertangi kunga ishonch va albatta farovon hayotga intilish yakdilligi birlashtirib turibdi.

07.09.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar