Nukus shahridagi Yoshlar markazida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga o‘z-o‘zini band qilish maqsadida subsidiya asosida asbob-uskunalar topshirildi.
Tadbirda Nukus shahri 4 ta sektor rahbarlari, yoshlar va ota-onalar ishtirok etdi.
Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari F.Ablayarov, agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i P.Maxsetbayev va boshqalar Nukus shahar yoshlarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, taklif va istaklarini o‘rganish, ularni hal etish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Natijada yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan “Nukus shahar tajribasi” yaratildi.
Yoshlar yetakchilari bilan birgalikda 64 ta mahallada uyma-uy xatlov ishlari amalga oshirilib, 14-30 yoshdagi 74 ming 683 nafar yoshning balansi to‘liq shakllantirildi. Ushbu asosda aniqlangan har o‘n beshinchi ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 4 ming 820 nafar fuqaro 19 ta ko‘mak turi bo‘yicha “Yoshlar daftari” elektron platformasiga kiritildi.
Bundan tashqari, Nukus shahrida “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari boshlanib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish choralari ko‘rilmoqda. Yoshlar ishlari agentligi mablag‘i hisobidan 311 nafar yoshning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmati badali, 176 nafarining haydovchilarni tayyorlash o‘quv kursi xarajatlari uchun 2,2 milliard so‘m to‘lab berildi.
Tadbir yakunida 677 nafar yoshga subsidiya asosida asbob-uskunalar topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |