Samarqand viloyatida bugungi kunda ijrosi bajarilishi kechikayotgan murojaatlar 1361 tani tashkil etmoqda. Shuning 556 tasi, ya’ni 42 foizga yaqini elektr tarmoqlari korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Viloyat hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijro holati muhokama etilganda mazkur holat keskin tanqid qilindi.
– Odamlar bekordan bekor murojaat qilmaydi, jonidan o‘tganidan so‘ng hokimlik va boshqa idoralar eshigiga boradi, – dedi viloyat hokimi E.Turdimov. – Fuqaroning uyida chiroq bo‘lmasa-yu shu tizim mas’ullari qanday qilib uyida yoki ishxonasida chiroq yoqib o‘tiradi? Birinchi navbatda vijdoni og‘rishi kerak, qolaversa, zimmasiga yuklatilgan vazifani bajarib qo‘yishi shart.
Yig‘ilishda fuqarolarning murojaatlariga e’tiborsizlik bilan qaragan 55 ta tashkilot va korxona rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari va ijro intizomi hamda fuqaro murojaatlariga mas’ul bo‘lgan bo‘linma mas’ullariga yo‘l qo‘ygan kamchiliklari ko‘rsatib o‘tilib, ogohlantirildi. Har murojaatning ijrosi va kechikishi sabablari muhokama etildi. Jumladan, viloyat elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 212 holatda, Payariq tumani elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 151 holatda, Samarqand shahar hokimligi va shahardagi tashkilotlar tomonidan 420 holatda murojaatlarning ijrosi kechiktirilayotganligi tanqid qilindi.
– Qonunda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlari aniq belgilab qo‘yilgan, – dedi E.Turdimov. – Lekin ayrim rahbarlar buni unutgan ko‘rinadi. Yo‘qsa, 30 holatda murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 6 oydan oshib ketmagan bo‘lardi. Bu murojaatlarning 16 tasi elektr tarmoqlari korxonalariga tegishli. Nima bu tashkilot mas’ullari qonundan bexabarmi yoki qonunga amal qilmaydimi? Albatta, qonun talabi ularga tushuntirib qo‘yiladi. Rahbarlar shuni unutmasligi kerak, murojaatlarni nazoratdan chiqarish emas, hal qilish asosiy talab hisoblanadi. Marhamat, murojaat asossiz bo‘lsa, hal etish imkoni bo‘lmasa, tushuntirib bering, asos ko‘rsating.
Muhokama yakunlari bo‘yicha murojaatlarga e’tiborsiz qaragan 17 nafar mansabdor shaxsga nisbatan tegishli organlar tomonidan qonuniy chora ko‘rilishi belgilandi. Yig‘ilishda har bir rahbarning xalq bilan, xalqning dardi bilan ishlashi zarurligi, murojaat zamirida insonning, shaxsning dardi, tashvishi turganligini chuqur anglashi kerakligi ta’kidlandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |