Ezgu orzular ijobati Surxondaryo viloyatida nogironligi bor fuqarolarga yangi uy-joy kaliti tantanali topshirilmoqda.
Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirda viloyat markazidagi Guliston mahallasida qad rostlagan 18 xonadonga mo‘ljallangan 3 qavatli, Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qorayog‘och mahallasida 5 oilaga mo‘ljallangan ikki qavatli, Termiz tumanidagi Uchqizil massivida 10 xonadonga ikki sotixli yangilangan namunaviy loyihalar asosidagi arzon uy-joylar kaliti topshirildi.
Viloyat Xalq qabulxonasi rahbar va xodimlari, Termiz shahar, Jarqo‘rg‘on va Termiz tumanlari hokimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, mahalla faollari, yangi uylarga ko‘chib o‘tgan nogironligi bor shaxslar va ularning yaqinlari ishtirok etgan tadbirda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar xalq manfaatlarini ta’minlab, mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan fuqarolarni ham har tomonlama ijtimoiy himoya qilish, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashida yuksak samaralar berayotgani alohida ta’kidlandi.
Prezidentimizning 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Joriy yilda viloyatda nogironligi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj va Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan 405 oila yangi uy-joy bilan ta’minlanmoqda. O‘tgan to‘qqiz oyda 53 shunday oila shinam va zamonaviy uylarga ko‘chib o‘tdi. Shu kunlarda yana 263 oilaga mo‘ljallangan uylarda qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirish uchun shay holatga keltirildi. Ularning bittasi Termiz shahrida 18 oilaga mo‘ljallangan uch qavatli arzon uy, bittasi Jarqo‘rg‘on tumanida 5 xonadon uchun ikki qavatli uy-joy va boshqa tumanlarda 230 oilaga mo‘ljallangan ikki sotixli yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uylardir.
Termiz shahar Guliston mahallasida bunyod etilgan 18 xonadonli uch qavatli uyni qurib, foydalanishga topshirish uchun 2 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Ikki va uch xonali xonadonlarda munosib turmush kechirish uchun barcha sharoit yaratilgan.
– Uy qurilishida mehnat qilar edim, – deydi Termiz shahar "Jo‘yijangal" mahallasidan O‘.Xo‘jamberdiev. – Taqdir ekan, tomdan yiqilib, I guruh nogironi bo‘lib qoldim. Ko‘p yillardan buyon ayolim, qizim va o‘g‘lim bilan ijarada yashab kelayotgan edik. Er kishi sog‘lom bo‘lmasa, uy-joy qurish faqat orzu bo‘lib qolaverar ekan. Endi mehnat qilishga qurbim etmaydi. Farzandlarim bilan umrim ijarada o‘tib ketarmikan, deb ezilar edim. Davlatimizdan minnatdormiz, mana, bugun biz uchun juda quvonchli kun bo‘ldi. Zamonaviy jihozlangan uch xonali arzon va shinam xonadonga ko‘chib o‘tdik. Bundan turmush o‘rtog‘im, bolalarim, yaqinlarim mendan ham ko‘ra ko‘proq suyunishmoqda. Yaratganga shukr. Bizga bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan davlatimizdan minnatdormiz.
Tadbirda yangi uy egalariga maishiy texnika vositalari sovg‘a qilindi. Bir guruh ehtiyojmand fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi. San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga bir olam zavq ulashdi.
Viloyatning boshqa tumanlarida ham nogironligi bor oilalarga yangi uylar kaliti tantanali topshirilmoqda.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi B.Po‘latov so‘zga chiqdi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, Jonibek Qo‘zimurodov (surat), O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |