Toshkent viloyati Toshkent tumanida “Oqila ayollar” harakati a’zolari va “Ayollar daftari”da ro‘yxatida turuvchi xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayxo Mahkamova, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Zuhra Mirgaziyeva, tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.
Asosiy e’tibor joylarda ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash borasidagi ishlarni tizimlashtirish lozimligiga qaratildi. Bu jarayonda “Oqila ayollar” harakati ko‘magi bilan jamiyatda ezgu g‘oyalar, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, muqaddas an’analarni singdirishga qaratilgan tizimli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish lozimligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda Toshkent tumanida “Ayollar daftari” ning 1-toifasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayollarning 28 nafariga tikuv dastgohlari hamda 2 nafariga motokultivator subsidiya asosida berildi.
Ma’lumot uchun hozir Toshkent tumanida xotin-qizlar muammolarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish va “Ayollar daftari” ni shakllantirish bo‘yicha xatlovda jami 41 ming 576 nafar xotin-qizning sharoiti o‘rganildi. Ularga ehtiyojlariga qarab 6 ta toifa asosida yordam ko‘rsatish belgilangan bo‘lib, tumandagi 68 ta mahallada jami 4 ming 62 nafar ayollar ehtiyojmand ahvolda ekani aniqlandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |