2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Surxondaryoda qalbi daryo ustozlar sharaflandi

Termiz shahrida O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida yosh avlodga ilm-fan sirlarini chuqur o‘rgatayotgan fidoyi o‘qituvchi-murabbiylar, soha xodimlari ishtirok etdi.

Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Prezidentimizning o‘qituvchi va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Fidoyi, jonkuyar pedagoglarning mashaqqatli mehnati va keyingi yillarda ta’lim sifatini oshirishga qaratilayotgan e’tibor aks etgan videorolik namoyish etildi.

Mamlakatimizning barcha hududlari qatori so‘nggi olti yilda Surxondaryo viloyati ta’lim tizimi ham tub o‘zgarishlarga yuz tutib, kelajagimiz egalarining puxta bilim olishi uchun mustahkam poydevor yaratildi. Viloyatda oliy, o‘rta maktab va maktabgacha ta’lim sohalarida ulkan yangilanishlar sodir bo‘ldi. Jumladan, 2018 yil vohadagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari 361 tani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil boshida ularning soni 2 ming 271 taga, qamrov darajasi 18,6 foizdan 55,2 foizga, o‘rinlar soni 41 ming 268 tadan 134 ming 656 taga yetdi. 2019-2021 yillarda byudjet mablag‘lari hisobidan 149 ta maktabda 405 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilib, 31 ming 450 o‘quv o‘rni foydalanishga topshirildi.

2016 yil viloyatda bitta 2018 yilda uchta oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni oltitaga yetdi. Yoki bundan olti yil muqaddam viloyatdagi oliy ta’lim muassasasida o‘n mingga yaqin yigit-qiz o‘qigan bo‘lsa, joriy yilda viloyatdagi oliy ta’lim dargohlarida 40 mingdan ortiq talaba o‘zlari tanlagan mutaxassislik sirlarini qunt bilan o‘rganmoqda. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan bunday ulkan ishlar ta’lim tizimini yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘lib, o‘qituvchilarning bilim va mahoratini oshirishda ham o‘z samaralarini bermoqda.

Sohada yuksak natijaga erishayotgan o‘qituvchi va murabbiylar mehnati munosib rag‘batlantirilayotir. Davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanmoqda. Masalan, mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami arafasida ikki nafar fidoyi o‘qituvchi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan edi. Prezidentimizning shu yil 28 sentyabrdagi “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq yana to‘rt nafar soha xodimi yuksak mukofot bilan taqdirlandi.

Tadbirda bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarga Surxondaryo viloyati hokimining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari tantanali topshirildi. San’atkorlarning qiziqarli bayram dasturi namoyish etildi.

30.09.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar