Xalqimiz turmush farovonligini oshirish, fuqarolarimizning o‘z hayotidan rozi bo‘lib, ertangi kunga qat’iy ishonch bilan munosib hayot kechirishini ta’minlashda jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini hisoblangan mahalla institutining o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri maslahatchisi Botir Parpiyev Toshkent viloyati Piskent tumanida bo‘lib, “mahallabay” ishlash tizimi, mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholi muammolari bilan ishlash holati bilan tanishdi.
“Do‘ngqo‘rg‘on”, “Zominovil” va “Oqtom” mahallalarida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi tarmog‘i va inshootlari, elektr tarmog‘i, simyog‘ochlar, transformatorlar holati, tabiiy gaz tarmoqlari va gaz ballon masalalari manzilli o‘rganildi.
Tuman hokimi va boshqa sektorlar rahbarlari, tashkilotlar mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda joylarda aniqlangan kamchiliklar muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Mutasaddilarga odamlarni rozi qilish, ularning hayot kechirish sifati va turmush darajasini yuksaltirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Har bir mahalladagi aholi kayfiyatiga ta’sir qiluvchi muammolarni joyga chiqqan holda, odamlar bilan muloqot qilish orqali aniqlash, ularni bartaraf etish uchun tegishli tartibda mas’ullarga yo‘naltirish, shuningdek, aholining kundalik murojaatlari bilan ishlashga ustuvor ahamiyat qaratish borasida qator vazifalar belgilandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |