2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hokim yordamchilari ishonchni qay darajada oqlayapti?

Hokim yordamchilari lavozimining joriy etilishi mamlakat rivojiga, jamiyatimiz taraqqiyotiga katta hissa qo‘shishi lozim. Xo‘sh, joylarda hokim yordamchilari ishonchni qay darajada oqlayapti?

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani «Markazobod» MFYda 340 ta xonadon uyma-uy yurish orqali xatlovdan o‘tkazilgan. Tegishli so‘rovnomalar to‘ldirilib, online-mahalla elektron platformasiga to‘liq kiritilgan.

Mazkur hudud hokim yordamchisi Akmaljan Quchqorovning so‘zlariga ko‘ra, hokim yordamchilari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga (KPI) asosan «Markazobod» MFY To‘rtko‘l tumani bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichlarga erishib, 93,67 ball olgan.

– Ishni mahallamizdagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand, «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarni tadbirkorlikka jalb qilishdan boshladim, – deydi A.Quchqorov. – Dastlabki o‘tkazilgan xatlovlar natijasida aholining imtiyozli kredit mablag‘lariga ehtiyoji borligi aniqlanib, 231 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, mahallada aholi bandligini ta’minlash maqsadida 1 nafar xonadonga subsidiya asosida issiqxona qurib berildi. bugungi kunda aholi o‘rtasida 1 gektar ijara yeriga bo‘lgan talab aniqlangan. Mazkur yer auksionga chiqarilib, tanlov savdolari yakunlari bo‘yicha o‘z egasiga tarqatilgan.

Shuningdek, hokim yordamchisining qayd etishicha, joriy yilning 1-choragida aholini o‘zini-o‘zi band qilish hisobiga 37 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi. Kasb-hunar va tadbirkorlikka ishtiyoqi baland bo‘lgan 20 nafar fuqaro esa 4 turdagi kasblarga o‘qitildi. Hududda 2 ta yuridik, 3 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Hokim yordamchi A.Quchqorov tomonidan xatlov natijasida aniqlangan jon boshiga daromad miqdori 440 ming so‘mdan past bo‘lgan 47 ta kam ta’minlangan oila hamda jon boshiga daromad miqdori 440 ming so‘mdan yuqori 880 ming so‘mdan past bo‘lgan, kam ta’minlanganlik ro‘yxatiga tushish ehtimoli yuqori 26 ta oila bilan manzilli ishlar olib borildi, ularning daromadlarini oshirish rejalashtirildi.

Mahallada istiqomat qilayotgan ishsiz 3 nafar fuqaro tikuv mashinasi olish uchun kredit ololmasdan anchadan buyon ovora edi. Hokim yordamchisining aralashuvi bilan ushbu muammo yechildi. Bankdan har biriga 33 million so‘mdan kredit ajratildi va tikuv dastgohlari keltirildi. 

Fuqaro Ye. Rajapovaga oziq-ovqat va xomashyoni qayta ishlash uchun hamda fuqaro T. Ro‘zmetovga kichik yuk tashish transporti uchun 33 million so‘mdan  kredit ajratishga amaliy ko‘mak berildi. 

 – Imkon bo‘lsa, fuqaro murojaatini uning xonadoniga borib tinglash kerak. Har qanday masalaning yechimini xonadonning o‘zida hal etish mumkin, – deydi A.Quchqorov.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, Respublikamizda Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan o‘tkazilib kelayotgan tanlovlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblari orasida To‘rtko‘l tumani «Markazobod» mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi A. Qo‘chqorov ham «Eng yaxshi hokim yordamchisi» nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.

– Yuk ko‘targan yuzaga chiqarkan, – deydi A.Qo‘chqorov. – Doimo izlanishdamiz. Maqsad esa aniq. Mahallalarda ishsizlikni kamaytirish, turmush farovonligiga erishish, turli ijtimoiy muammolarga yechim topish borasida biz hokim yordamchilarining faoliyati dastlabki muhim qadam bo‘lishi lozim.

09.10.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar