2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholining tibbiyot sohasidagi murojaatlari ommaviy qabulda qay darajada hal etildi?

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan Xalq qabulxonalari poytaxtimizda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya yo‘nalishlari bo‘yicha ommaviy qabul tashkil etdi.

Mutasaddi vazirlik va idoralar, yigirmaga yaqin tibbiyot, davolash-reabilitatsiya markazlari va aholi o‘rtasida kechgan ochiq muloqot natijasida fuqarolarning ko‘plab murojaatlariga yechim topildi.

Qibraylik Rahimbergan Masharipov 2-guruh nogironi, boz ustiga, katarakta kasalligi bilan xastalangan. Ammo jarrohlik amaliyoti uchun «qo‘li kaltalik» qilayotgan ekan. Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari bilan suhbat asnosida masala atroflicha ko‘rib chiqilib, otaxonda bepul yo‘llanma asosida Respublika ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi shifoxonasida jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Yashnobodlik Dilbar Begmatova farzandlarini yolg‘iz o‘zi katta qilmoqda. Ustiga-ustak, 4 yoshli o‘g‘liga tug‘ma miopatiya tashxisi qo‘yilgan, jarrohlik amaliyotini o‘tkazish zarur. Tashkil etilgan jonli muloqot uni qiynab kelayotgan masala yechimida yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Murojaati sinchiklab o‘rganilgach, uning o‘g‘lida bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi, dori-darmonlari uchun homiylik hisobidan qo‘shimcha 8 million so‘m ajratilishi belgilab olindi.

Poytaxtimizning Yashnobod tumanida yashovchi Gulnoza Jalolova bir o‘zi 3 nafar farzandni voyaga yetkazmoqda. Sog‘lig‘i yo‘l qo‘ymagani tufayli hozir ishsiz bo‘lib, ro‘zg‘or tebratishda qiynalib qolgan. Shu bois Toshkent pediatriya tibbiyot institutida tahsil olayotgan qizi uchun nafaqa ajratishda yordam so‘rab Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mas’ullariga murojaat qildi. Gulnoza Jalolovaning mazkur murojaati amaldagi qonunchilik talablariga to‘la mos kelganligi sababli mutasaddilar tez kunlarda uni hal qilib beradigan bo‘ldi.

48 yil o‘qituvchilik qilgan Shahribonu Hayitova taqdir ekan, nogironlik aravachasiga mixlanib qolgan. Vaqt o‘tib, aravacha nosoz holga kelib qolgan, yangisiga ehtiyoj tug‘ilgan. Mas’ullar bilan muloqot yakuni bo‘yicha faxriy pedagogga zamonaviy elektr yuritmali aravacha topshirildi. 

E’tiborli jihati, ommaviy qabul jarayonida ayon bo‘lgan ma’lumotlar asosida respublika tibbiyot markazlarining yuqori malakali mutaxassislari bevosita xonadonlarga borib, bemorlarni chuqurlashtirilgan tekshiruvlardan o‘tkazdi.

48 NAFAR FUQARO ISHGA QABUL QILINDI

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tibbiyot oliy o‘quv yurtlari bitiruvchi kurs talabalari darsdan bo‘sh vaqtida ishlashi uchun keng imkoniyat yaratib berilgani ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. Shundan kelib chiqib, ommaviy qabul jarayonida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Toshkent shahridagi tuman tibbiyot birlashmalari 470 ta bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etdi. Yarmarkada 48 nafar fuqaro ishga qabul qilindi.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti magistraturasining 3-kursida ta’lim olayotgan Surayyo Mehmonova o‘qish bilan birga ishlash istagi borligini ham ma’lum qilib, mas’ullarga murojaat qildi. Murojaati ko‘rib chiqilib, Mirzo Ulug‘bek tumani tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirish uchun mehnat shartnomasi tuzildi.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kelgusi yilda tamomlaydigan 223 nafar bakalavriat, 29 nafar magistratura talabalari, 44 nafar ordinatura talabalari bilan to‘rt tomonlama shartnomalar rasmiylashtirildi. 

Ommaviy muloqotlar davomida aholi uchun sayyor tibbiy ko‘riklar ham tashkil etilib, mutaxassislar tomonidan besh yuzga yaqin fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Umuman olganda, ommaviy qabulda 328 nafar fuqarodan sog‘liqni saqlash, pensiya, bandlik kabi masalalar bo‘yicha 331 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 157 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, 41 tasi bo‘yicha huquqiy axborot va maslahat, 17 tasi bo‘yicha tushuntirish berildi, 116 ta murojaatni o‘rganish uchun qo‘shimcha vaqt talab etilgani sababli nazoratga olindi.

11.10.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar