2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qishloq ayollari bilan bir kun

15 oktyabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni. Shu munosabat bilan joylarda turli tadbir va uchrashuvlar, sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Bunday tadbirlarda qishloq ayolining sabr-matonati, mehnatkashligi, oilaparvar va sadoqatli ekanligi alohida e’tirof etilayotir. Shu bilan birga, ularning tashvishlari, muammolari, ijtimoiy holati, salomatligi o‘rganilmoqda. 
  
Xalqaro qishloq ayollari kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining Nanay qishlog‘ida “Qishloq ayollari bilan bir kun” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. 
  
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi hamda Toshkent viloyati va Bo‘stonliq tuman kengashlari mas’ullari, Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasi, tuman oila va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi vakillari ishtirok etdi. 
  
Tadbir doirasida turli mutaxassisliklarga ega tibbiyot xodimlaridan iborat jamoa yordamida Jahonobod qishloq oilaviy poliklinikasida kam ta’minlangan 50 nafardan ziyod ayol hamda aholi vakillari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularga shifokorlar tomonidan tibbiy maslahat va sog‘liqlarini tiklashlari uchun yo‘llanmalar berildi. 

Bundan tashqari, tadbir doirasida sayyor qabul tashkil etilib, unda aholini qiynayotgan muammolar o‘rganildi. 
  
— “Qishloq ayollari bilan bir kun” loyihasi doirasida nanaylik xotin-qizlar bilan yaqindan suhbatlashdik, dardlashdik, ularni o‘ylantirayotgan muammolar bilan tanishdik, — deydi Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova. — Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, ko‘makka muhtoj va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar holidan xabar olib, ularga qanday amaliy yordamlar ko‘rsatilayotganini o‘rgandik. O‘rganishlarimiz davomida aniqlangan qator masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan kelgusidagi ishlarimizni belgilab oldik. 
  
Bu kabi uchrashuv va muloqotlar turli shart-sharoitdagi qishloq ayollarining og‘irini yengil qilish, muammolarini hal etish, ko‘nglini ko‘tarishga xizmat qiladi. 

15.10.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar