2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qo‘llab-quvvatlanmoqda

Yurtimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.

Bunda Prezidentimizning 2022 yilning 25 may kuni qabul qilingan “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal bo‘lmoqda.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bir martalik moddiy yordam pullarini manzilli yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.

– Viloyatda hozirgi kunga qadar qarorda ko‘rsatilgan toifa bo‘yicha 140 ming 898 nafar fuqaroga 42 milliard 269 million 400 ming so‘m mablag‘ moliyalashtirilgan, – deydi Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Aminjon Mardonqulov. – Moliyalashtirilgan mablag‘ning 40 milliard 282 million so‘mi AT “Xalq banki”ning Navoiy viloyatidagi filiallari tomonidan fuqarolarga yetkazib berildi. Shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam ta’minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi 46 ming 961 ta oilaning 97 ming 406 nafar 18 yoshga to‘lmagan bolasiga to‘lab berish uchun 19 milliard 481 million 200 ming so‘m moliyalashtirilgan bo‘lib, uning 18 milliard 798 million so‘mi to‘lab berildi. Qolgan fuqarolarga ham to‘lab berilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bank tomonidan manzilli ravishda yetkazib berilmoqda.

Qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlariga “Temir daftar”ga kiritilgan, mazkur qarorga asosan bir martalik moddiy yordam pullarini olmagan ehtiyojmand oilalar ro‘yxatini shakllantirish yuklatilgan bo‘lib, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bu oilalarning har bir a’zosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatish, shuningdek, ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan oilalarga bepul un tarqatish yoki naqd pul ko‘rinishida moddiy yordam berish ko‘rsatib o‘tilgan.

– Kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashda fondning hududiy bo‘lim va bo‘linmalari ishtirok etmoqda, – deydi Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi Faxriddin Soliyev. – Shu bois, Prezident qarorida belgilangan toifalarga kiruvchi oilalarning har bir a’zosiga 20 kilogrammdan un tarqatish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 2 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. O‘z navbatida ushbu mablag‘ tuman va shahar jamg‘armalariga taqsimlanib, hamkor tashkilotlar bilan un xarid qilindi va oilalarga yetkazildi.

bugungi kunga qadar Navoiy viloyatida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga jami 440,6 tonna un tarqatilgan bo‘lsa, 150 oilaga qariyb 58 million so‘m miqdorida naqd pul berildi.

16.10.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar