2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Namangandagi ba’zi hududlarda aholi murojaatlari oshgan

Namangan viloyatida aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish deputatlar tomonidan alohida nazoratga olinmoqda.

Xususan, xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi 33-sessiyasida odamlarni rozi qilish yo‘lida to‘g‘onoq bo‘layotgan muammolar, shahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida uchrayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Viloyat, shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida mahallalarda muntazam ravishda Prezident xalq qabulxonasi bilan birgalikda o‘tkazib kelinayotgan sayyor qabullarda fuqarolarni qiynab kelayotgan ko‘pgina muammolarga yechim topilmoqda. Lekin shunga qaramay keyingi paytlarda Namangan shahri, Namangan, Chust va Pop tumanlarida aholi murojaatlari ortgani, takroriy murojaatlar bilan ishlashga to‘g‘ri kelayotgani tanqid ostiga olindi.

Elektr, gaz va suv ta’minoti korxonalari rahbarlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi murojaatlari bilan ishlash va ularni ijro etishni yaxshilash bo‘yicha rejalari tinglandi.

Sessiyada, viloyatda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi dolzarb masalalar ham muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Kosonsoy va Davlatobod tumanlaridagi umumta’lim maktablarida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida yuz bergan salbiy holatlar e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mutasaddilariga keng jamoatchilik va ota-onalarni jalb etgan holda bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi haqida topshiriqlar berildi.

Deputatlar, sessiyada davlatimiz rahbari tomonidan aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish maqsadida ishlab chiqilgan maxsus daftarlar tizimining joylardagi ijrosiga ham e’tibor qaratdi. Viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi mutasaddilari “Temir daftar”dagi oilalar daromadlarini oshirish, shu orqali kambag‘allikdan chiqarish choralari haqida hisobot berdi.

Ko‘rib chiqilgan dolzarb masalalar bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” ijroga qabul qilindi. Shuningdek, deputatlardan iborat Ishchi guruh tuzilib, mavjud muammolar, ayniqsa yoshlar tarbiyasi, xususan ta’lim muassasalarida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olinadigan bo‘ldi.

Sessiyada Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.

18.10.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar