2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Beltau”: chekka hududning zamonaviy qiyofasi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanining eng chekka “Beltau” ovul fuqarolar yig‘inida keng ko‘lamli qurilish, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning fevral oyida hududlardagi bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘istonga tashrifi doirasida ushbu ovuldagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirib, muammolarni hal etish, bandlikni ta’minlash borasidagi takliflarini bildirdi. Natijada ovulning qiyofasi o‘zgardi.

Jumladan, tuman markazidan 40 kilometr uzoqda joylashgan hududda “Obod qishloq” dasturi asosida qurilish, ta’mirlash, ko‘chalarga qum-shag‘al aralashmasi va qora qoplama yotqizish ishlari amalga oshirildi. Fuqarolar yig‘ini idorasi, madaniyat markazi, shifokorlik punkti, maktabgacha ta’lim muassasasi kapital ta’mirlandi. Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash yaxshilandi. “Orjap” kanalida piyodalar ko‘prigi qurilib, aholini qiynab kelayotgan muammo yechimini topdi. Elektr tarmoqlari yangilanib, transformator o‘rnatildi.

Hududdagi mana shunday o‘zgarish va yangilanishlarni jamoatchilikka tanishtirish va tajriba almashish maqsadida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, mahalla va ovul fuqarolar yig‘inlari vakillari amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 24 maydagi “Aholining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida aholini toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqova suv xizmatlarini yaxshilash, suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan mahallalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, ushbu ovulda ham Toshkent shahridan keltirilgan texnikalar yordamida o‘nga yaqin yer osti suvlari uchun quduq burg‘ilash ishlari olib borilmoqda. Bu esa birinchi navbatda ijtimoiy soha ob’ektlari va tomorqa yerlarini suv bilan ta’minlash imkonini beradi.

Ovulda aholini ish bilan ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda. Seminar ishtirokchilari intensiv usulda baliq yetishtiruvchi xo‘jalik faoliyati bilan tanishdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev madaniyat markazida ovul aholisi bilan uchrashdi.

Shu kuni nikohdan o‘tayotgan yoshlarga, maktab jamoasi va o‘quvchilarga sovg‘alar topshirildi. San’at ustalari ijrosidagi konsert dasturi namoyish etildi.

Hududda qurilish hamda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

20.10.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar