2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi murojaatlari: amaliyot va tahlil

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi 9 ta hududda aholi murojaatlari keskin oshganligi ta’kidlandi.

Kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Xolmaxmatovning hisoboti tinglandi. Qayd etilganidek, o‘tgan davr mobaynida viloyat fuqarolaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual  va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar soni 2021 yilning 9 oyiga nisbatan 104 ming 685 taga kamaygan. Murojaatlarning 80,1 foizi qanoatlantirilgan, shundan 40,6 foizi ijobiy hal etilgan. Aholidan kelib tushgan murojaatlar Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Bekobod, Bo‘stonliq, Bo‘ka, Parkent, Chinoz, Yangiyo‘l va Toshkent tumanida keskin oshgan.

Deputatlar bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish, fuqarolardan kelib tushayotgan har bir muammoni tizimli ravishda o‘rganish lozimligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng Toshkent viloyati hokimligi Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i K.Ermuhammedovaning sayyor qabullarda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari atroflicha tahlil qilindi.

Masalan,  joriy yil 14 sentyabr kuni Oqqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda 190 nafar fuqaro tomonidan yo‘llangan 228 ta murojaatning 220 tasi tizimli ravishda ko‘rib chiqilgan. Shundan 52 tasi ijobiy hal etilgan. Shuningdek, 81 ta masala bo‘yicha huquqiy maslahat, 81 tasiga tushuntirish berilgan, 3 tasi rad etilgan va 2 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan.  

Hozirgacha 8 ta masalaning qonunda belgilangan 30 kunlik muddati buzilgan bo‘lib, unga mas’ul bo‘lgan mutasaddilarga tegishli chora ko‘rilmagan.

Sessiyada Zoyir Mirzayev fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganishda deputatlarning faolligini oshirish lozimligini ta’kidladi. Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan ayrim tadbirlarni moliyalashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi.

23.10.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar