2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova Sirdaryoda

Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova Sirdaryo tumanida portlash sodir bo‘lgan harbiy qism yaqinida joylashgan "Ilg‘or" mahallasida bo‘lib, mahallaning "Oqila ayollar" harakati a’zolari bilan uchrashdi.

Mahalladagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi. Yaxshigul momo Shakarova, Shahribonu momo Qo‘shoqova xonadonlarida ayollar bilan suhbat qurildi.

Mahalladagi 23-umumta’lim maktabi kutubxonasiga borilib, oilalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha fikrlashildi.

Bosh vazir o‘rinbosari Mirzaobod tumani “Yo‘ldoshobod” mahallasida sodir etilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyati yuzasidan muhokama yig‘ilishida ishtirok etdi.

Muhokama yig‘ilishida sektorlar vakillari, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB, tuman hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, "Oqila ayollar" harakati a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Muhokamada jinoyatni keltirib chiqargan sabab va omillar haqida so‘z bordi. Kelgusida shunga o‘xshash holatlar sodir etilishining oldini olish, bu borada mahalla va tegishli tashkilot vakillari hushyorligini oshirish lozimligi ta’kidlandi.

27.10.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar